AQŞning Florida ştati senati 14 fevralda ştatdagi maktablardan birida sodir etilgan otişmadan keyin qurolga egalik qiliş böyiça tuzatmani tasdiqladi, biroq 15 daqiqa ötgaç öz qaroridan voz keçdi. Bu haqda Tampa Bay Times naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, ştat senati 3 mart kuni yiğiliş ötkazib, unda Floridada qurol aylanmasi qoidalarini qat'iylaştirişni muhokama qilgan. Deputatlar Floridadagi otişmani sodir etişda qotil qöllagan AR-15 miltiğini sotişga ikki yillik taqiqlovni tasdiqlaşgan, biroq bor-yöği 15 daqiqadan keyin öz qarorlarini özgartirişgan.
Qonun loyihasi maktablarda xavfsizlikni ta'minlaşga mablağ ajratiş hamda miltiq sotib olişga ruxsat etiladigan minimal yoşni 18 yoşdan 21 yoşgaça oşirişni közda tutgan.
Qayta ovoz berişda tuzatma uçun 17 kişi ovoz bergan, 21 kişi qarşi çiqqan.
Ma'lum qilinişiça, Florida senati qurol aylanmasi böyiça yakuniy yiğilişni 5 mart kuni ötkazadi.
AQŞda qurol olib yuriş konstitutsiyaga 2-tuzatma bilan kafolatlangan. Qurolni çeklaş haqidagi bahslar 14 fevralda Floridadagi maktabda 17 kişi otib taşlangandan keyin yana faollaşdi.












