Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon 4 mart kuni Misrga 3 kunlik safarini boşladi. Uning Qohira xalqaro aeroportiga kelişi Misr televideniyesi tomonidan namoyiş qilingan. Şahzodani şaxsan Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy kutib olgan. 

foto: arabnews.com

Qohira Muhammad bin Salmon 2017 yil iyunda otasi qirol Salmon tomonidan valiahd şahzoda etib tayinlangandan keyin ilk xorijiy safarining birinçi töxtaş joyi böldi. Keyinroq u Buyuk Britaniya va AQŞga safar amalga oşirmoqçi.

Taşrif davomida şahzoda as-Sisiy bilan muzokaralar ötkazadi. Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, Yaqin Şarqdagi töxtamayotgan mojarolar, terrorçilik xavfi va hamkorlik masalalari muhokama qilinişi kutilmoqda. Şuningdek, uçraşuvda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Falastin masalasi hamda “Eronning arab davlatlari içki işlariga aralaşuvi va undan xavfsizlikka bildirilayotgan tahdidlar” böladi.  

5 mart kuni şahzoda Misrning kopt xristianlari boş ibodatxonasi – Qohiradagi Avliyo Mark çerkoviga taşrif buyuradi. U, şuningdek, dunyodagi eng yirik islom universiteti – Al-Azharda, Misr parlamentida böladi hamda Misrda amalga oşirilayotgan bir qator yirik iqtisodiy loyihalarga safar uyuştiradi.   

Misrning bir qator ommaviy axborot vositalari saudiyalik şahzoda Qohirada 7 mart kuni Arab davlatlari ligasiga a'zo davlatlarning taşqi işlar vazirlari bilan liganing 149-yiğilişida Ar-Riyodda mart oyining 2-yarmida ötkazilişi rejalaştirilgan 29-sammitga tayyorgarlik maqsadida uçraşuvlar ötkazmoqçiligini ma'lum qilişgandi.

foto: arabnews.com
foto: arabnews.com
foto: arabnews.com

Muhammad bin Salmon 1985 yil 31 avgustda tuğilgan. U qirol Salmonning 3-rafiqasi Fahda bint Falah ibn Sulton al Hitlayondan farzandi hisoblanadi.