Jahon | 10:57 / 06.03.2018
12725
2 daqiqa o‘qiladi

Arnold Shvartsenegger “Terminator”ning yangi qismi qachon suratga olinishini oshkor qildi

Foto: © Flickr/Gage Skidmore

Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger “Terminator” filmining navbatdagi – 6-qismi suratga olish ishlari 2018 yil iyunda boshlanishini ma'lum qildi. 

Suratga olish ishlari ushbu filmning so‘nggi qismi “Terminator: Genezis” ekranlarga chiqqanining 3 yilligi arafasida boshlanadi. Shvartseneggerning aytishicha, u o‘zining eng mashhur rollaridan biriga qaytadi. 

“Biz “Terminator-6”ni iyunda suratga olishni boshlaymiz va oktabr o‘rtalarida tugatamiz. Men unda rol ijro etaman. O‘z rolimga qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deb aytgan aktyor.

Shvartsenegger rejissyor Tim Miller va suratga olishni nazorat qiluvchi Jyeyms Kemeron bilan barchasi a'lo darajada bo‘lishini aytdi. Miller “Dedpul” filmini suratga olgan.

Ushbu “Terminator” yangi trilogiyaga start beradi va “Terminator-2”ning undan keyin chiqqan 3 qismni hisobga olmagan holdagi to‘laqonli davomi bo‘ladi.

Yangi qismda ham Sara Konnor rolini “Terminator” va “Terminator-2” filmlarida ushbu rolni ijro etgan aktrisa Linda Xemilton o‘ynaydi. Film premerasi 2019 yil 26 iyulga belgilangan.

Mavzuga oid