Kasbi tumanida 4 yoşli qizaloq ögay onasining kaltaklaşi oqibatida jiddiy jarohatlanib, vafot etdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 32 yoşli I.S. turmuş örtoği N.A. bilan özaro nizolaşib, uning 2022-yilda tuğilgan qizini urgan. Oqibatda qizaloq boş qismidan jiddiy jarohatlangan. Soğligi keskin yomonlaşgan bola şu kunning özida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 8-qismi “g” bandi (oilaviy zöravonlik jabrlanuvçining ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. I.S. gumonlanuvçi tariqasida protsessual tarzda uşlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur jinoyat işi yurituvi ustidan öz kuzatuvini davom ettirişini, holat yuzasidan qöşimça tarzda axborot taqdim etilişini bildirgan.

Maʼlumot uçun, Jinoyat kodeksida bunday qilmişga 10 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi belgilangan.