2-oktabr kuni Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş, uning sifatini yaxşilaş hamda «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oşirişga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi mutasaddilar iştirok etdi.

Anjumanda havo sifati keskin yomonlaşgan hududlarda onlayn monitoring maʼlumotlari asosida qanday çoralar körilişi, şuningdek, Jahon banki tadqiqotlaridagi körsatkiçlarga qaramay, «Toza havo» doirasida avtomobillarga nega alohida eʼtibor qaratilayotgani hamda çang va isitiş tizimlari böyiça qanday amaliy çoralar körilayotgani haqida savollar berildi.

Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori Doniyor Turğunovning aytişiça, onlayn platforma orqali havo sifatining ayni paytdagi holatini kuzatiş bilan birga, yaqin 1–3 kun uçun prognozlar ham şakllantiriladi. Havo ifloslanişi «töq sariq», «qizil» yoki «binafşa» darajaga yetib, holat kamida bir kun davom etişi prognoz qilinsa, tezkor çoralar köriladi.

«Onlayn platformamiz real vaqt rejimidagi vaziyatni köriş va havo ifloslanişi böyiça prognoz beriş imkonini yaratadi. Real holat va prognozlardan kelib çiqib, keyingi 1–3 kun uçun rejalarimiz va tezkor çoralarimiz mavjud. Agar havo ifloslanişi töq sariq, qizil yoki binafşa darajaga çiqib, bir kun davom etişi prognoz qilinsa, hamkorlikda tegişli çoralar köriladi», - dedi Doniyor Turğunov.

Uning taʼkidlaşiça, bunday holatda avvalo maxsus laboratoriyalar, «Özgidromet»ning mobil laboratoriyalari hamda Milliy ekologiya qömitasi laboratoriyalari hududga yuboriladi. Ular ifloslaniş manbalarini aniqlaş va örganiş böyiça tekşiruv ötkazadi.

Agar havoning yuqori darajada ifloslanişiga sabab bölayotgan manbalar aniqlansa, ekologik nazorat xodimlari tomonidan tezkor çoralar köriladi. Zarur hollarda ifloslanişga sabab bölayotgan faoliyatni vaqtinça töxtatişgaça bölgan çoralar qöllanişi mumkin.

Matbuot anjumanida yirik korxonalarda avtomatik ekologik monitoring stansiyalarini örnatiş va ularni Milliy monitoring markaziga integratsiya qiliş talabi ham muhokama qilindi.

Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi Ekopolitsiya boşqarma boşliği Nodirbek Jamburboyev maʼlum qilişiça, Prezident qarori bilan I va II toifadagi obyektlarni avtomatik monitoring tizimiga integratsiya qiliş belgilangan. Bu talablarni bajarmagan korxonalar uçun moliyaviy çoralar ham nazarda tutilgan.