Benyamin Netanyahuning Abu-Dabiga dastlab oşkor qilinmagan taşrifi ortidan uning asl maqsadi yuzasidan turli xabarlar paydo böldi. Uçraşuvda Eron va husiyçilar tahdidi, Isroil va BAA örtasidagi xavfsizlik hamkorligi hamda razvedka maʼlumotlari almaşinuvi muhokama qilingani aytilmoqda. Şuningdek muzokaralarda Saudiya Arabistoni vakili qatnaşgani haqidagi xabarlar ham eʼtibor tortdi. Netanyahuning taşrifi Isroilda yaqinlaşayotgan saylovlar fonida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida ayni şu masalalar muhokama qilindi.

Netanyahuning Abu-Dabiga navbatdagi maxfiy taşrifi ortida qanday masalalar turibdi?

Farhod Karimov: Hozir Isroildagi va xalqaro ommaviy axborot vositalarida şu kabi voqealar keng yoritilmoqda. Bundan Benyamin Netanyahuga qarşi bölgan siyosiy guruhlar ham faol foydalanmoqda. Xususan, ular Netanyahuning 7-oktabr voqealaridan oldindan xabardor bölgan bölişi mumkinligi haqidagi maʼlumotlarni keng tarqatmoqda. Netanyahu bu daʼvolarni rad etib, bunday xabarlarni tarqatayotganlarni sudga berişini bildirgan. Biroq masalaning yana bir tomoni bor. Birlaşgan Arab Amirliklari rahbari ham bu maʼlumotlarni qatʼiyan inkor etmayotgani haqidagi xabarlar vaziyatga qöşimça tus bermoqda.

Tarqatilayotgan maʼlumotlarga köra, 2023-yil 7-oktabr kuni Hamasning Isroilga hujumi sodir bölişidan kamida ön kun oldin BAA prezidenti telefon orqali Netanyahu bilan boğlanib, hujum ehtimoli haqida ogohlantirgan. Agar bu maʼlumotlar tasdiqlansa, Abu-Dabidagi uçraşuvning siyosiy ahamiyati va atrofidagi savollar yanada kuçayadi. Bu haqda nufuzli naşrlar va boşqa jurnalistlar ham yozmoqda. Ayrim materiallarda bu xabarlarning işonçliligiga işora qiluvçi maʼlumotlar keltirilgan. Taşrifning yana bir ehtimoliy sababi - Isroilda yaqinlaşayotgan parlament saylovlari. Agar Netanyahu 7-oktabr hujumidan oldindan xabardor bölgan degan daʼvolar jamoatçilik orasida kuçaysa, bu uning siyosiy mavqeiga taʼsir qilişi mumkin.

Şu sababli Abu-Dabidagi uçraşuvda mazkur maʼlumotlarning tarqalişini töxtatiş yoki bu masalani yopiş haqida gap bölgan bölişi mumkinligi haqidagi taxminlar paydo bölmoqda. Bunga bilvosita dalil sifatida öşa davrda Birlaşgan Arab Amirliklariga turli davlatlardan kelgan samolyotlar ham tilga olinmoqda. Ayrim harbiy tadqiqot institutlari maʼlumotlariga köra, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr va boşqa davlatlarga tegişli harbiy yoki yuk samolyotlari ham ayni davrda Abu-Dabiga parvoz qilgan. Agar bu maʼlumotlar tasdiqlansa, öşa kunlarda Abu-Dabida muayyan siyosiy uçraşuvlar bölib ötgan bölişi mumkin. Şu nuqtai nazardan, Netanyahuning taşrifini saylovoldi jarayoni va uning siyosiy mavqeini saqlab qoliş harakatlari bilan boğlayotgan qaraşlar mavjud.