Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Misrga taşrifi vaqtida “robotlar şahri” NEOMning Misrga tegişli qismini rivojlantiriş böyiça kelişuvni imzoladi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, tomonlar loyihani rivojlantiriş uçun qöşma jamğarma tuzişadi. Saudiya Arabistoni bu jamğarmaga 10 mlrd dollar sarmoya kiritadi.
Misrning uşbu loyihaga hissasi qanday bölişi ma'lum qilinmagan. Biroq ta'kidlanişiça, katta kölamli loyiha eng boy va eng aholisi köp ikki arab davlati örtasidagi strategik aloqalarni yanada mustahkamlaşga kömak beradi.
NEOM şahri Qizil dengiz böyida çölda joylaşadi. Loyiha uçta davlat: Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniya hududida 26 ming kvadrat kilometrni egallaydi. “Kelajak şahri”ning umumiy qiymati 500 mlrd dollarga baholangan.
Uşbu loyiha Qizil dengiz uzra köprik qurilişini ham közda tutadi: köprik NEOM’ni Misr va qolgan Afrika bilan boğlaydi. Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun Siemens va Alcoa kompaniyalarining sobiq rahbari Klaus Klyaynfeld taklif qilingan.
Rejaga köra şahar erkin va mustaqil iqtisodiy hudud böladi. Bunday hududlar nafaqat soliqdan ozod qilinadi, balki öz qonunlariga ega böladi va davlatning qolgan qismidan mustaqil ravişda faoliyat yuritadi. NEOM yuqori texnologik şahar bölişi kerak. Şahar iqtisodiyoti raqamli texnologiyalar, yangi energetika, biotexnologiya, media va boşqa innovatsion yönalişlar sohasidagi işlanmalarga quriladi. Şaharga faqat yuqori malakali kadrlar jalb qilinadi, barça maişiy işlar robotlarga işonib topşiriladi. Bu şaharda robotlar odamlardan köproq böladi.












