Hindistonning Andaman va Nikobar orollari yaqinida boşlangan katta kölamli “Milan-2018” harbiy-dengiz maşğulotlarida iştirok etiş uçun deyarli 30 ta kema yetib keldi. Bu haqda Times of India naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, maşğulotlar 6 mart keçasi boşlangan va 13 martgaça davom etadi. Ularda Hindiston harbiy-dengiz kuçlarining 17 ta va boşqa davlatlar, jumladan, Avstraliya, Bangladeş, Indoneziya, Malayziya, Myanma, Singapur, Şri-Lanka va Tailanddan 11 ta kema iştirok etadi. Maşğulotlardan maqsad bu davlatlarning dengiz hududida noqonuniy harakatlarga qarşi kuraşdagi hamkorligini kengaytiriş böladi.
Maşğulotlarda harbiy kemalardan taşqari, 16 ta davlatdan 39 delegat iştirok etadi. Hindiston rasmiy vakilining aytişiça, delegatlar uçraşuvida Xitoyning Hind okeanida harbiy joylaşuviga alohida e'tibor qaratiladi.
“Milan” maşğulotlari birinçi marta 1995 yilda ötkazilgan va öşanda unda 5 davlat iştirok etgan. Maşğulotlar 2 yilda bir marta ötkaziladi.












