The Times of India xabariga köra, apparat mustaqil parvoz qiliş, yönalişni belgilaş va taktik manyovrlarni bajarişga möljallangan. Kompaniya undan razvedka, kuzatuv, zarba beriş hamda boşqa samolyotlar bilan birgalikdagi operatsiyalarda foydalanişni közlamoqda.

FWD Supreme Heavy taxminan bir tonna vaznli uçiş apparatlari toifasiga kiradi. Işlab çiqaruvçi eʼlon qilgan körsatkiçlarga köra, uning kreyserlik tezligi soatiga 500–600 kilometr, parvoz davomiyligi ikki soat, foydali yuk kötariş quvvati esa qariyb 350 kilogramm bölişi kerak. Kompaniya parvoz masofasini 1500 kilometrdan ortiq deb körsatgan.

Bu raqamlar hozirça işlab çiqaruvçining bayonotiga asoslangan. Taqdimotda yerdagi prototip körsatilgan, xabarda esa parvoz sinovlari natijalari keltirilmagan.

FWDA maʼlumotiga köra, platforma töliq Hindistonda işlab çiqilgan va mamlakatning özida işlab çiqariladi. Kompaniya öz texnologiyalari, sunʼiy intellekt tizimlari va işlab çiqariş hajmini oşiriş orqali ilğor jangovar aviatsiyani arzonlaştirişni maqsad qilgan.