Joriy yil 5 martdan boşlab içki işlar organlari tomonidan respublika miqyosida qurol-yaroğ va xavfli moddalarning noqonuniy muomalasining oldini olişga qaratilgan maxsus tadbir ötkazilayotgan bölib, tadbirlar 15 martga qadar davom etadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi xabar bergan.

Tegişli ruxsatnomasiz öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilişiga sabab böladi.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasining 4-qismi hamda Içki işlar vazirligining 2017 yil 14 avgustdagi 179-son buyruği bilan tasdiqlangan Muomalada bölgan röyxatga olinmagan öqotar qurol va uning öq-dorilarini, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini içki işlar organlari ixtiyoriga topşiriş Qoidalarining 2-bandiga muvofiq bunday öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini erkin tarzda öz ixtiyori bilan topşirgan fuqaro qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinişi belgilangan.

Uşbu hujjatlarga asosan fuqaro öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini erkin tarzda öz ixtiyori bilan topşiriş töğrisida qarorga kelsa va uning özi uşbu aşyolarni topşiriş haqida içki işlar organlariga yozma yoki oğzaki ravişda murojaat qilsa, u aşyolarni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanadi.

Özlarida noqonuniy saqlanib kelinayotgan öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini öz ixtiyori bilan topşirişga istak bildirgan fuqarolar yozma yoki oğzaki ravişda ariza bilan bevosita yoki telefon orqali yoki özga elektron vositalardan foydalangan holda, şuningdek özining yaşaş joyi yoki öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalar saqlanayotgan joy böyiça hududiy içki işlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qilişi mumkin.