2018 yil 7 mart kuni Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi Botir Parpiyevning Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda soliq ma'muriyatçiligi sohasidagi islohotlarni amalga oşiriş, Xalqaro valyuta fondi tomonidan Özbekistonning iqtisodiy rivojlanişini har yili baholab boriş masalalari atrofliça muhokama etilgan.
Şuningdek, byudjyet tizimiga qöşimça tuşumlarning kelib tuşişini ta'minlaş maqsadida soliq organlarini modernizatsiya qiliş masalalari körib çiqildi. Soliq tölovçilar bilan özaro munosabatda böliş, körsatilayotgan elektron xizmatlar tarkibini yanada kengaytiriş hisobiga soliq organlari şaffofligini oşiriş zarurligi ta'kidlab ötilgan.
Şu bilan birga jarayonlarni avtomatlaştiriş darajasini kötariş hamda axborotni qayta işlaş va tayyorlaşning alohida tartibotlari böyiça maxsus bölinmalarni ajratiş hisobiga (davlat soliq inspeksiyasining oddiy xodimlarining) funksional vazifalarning murakkabligini optimallaştiriş va kamaytiriş muhim ekanligi aytildi. Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga aralaşişni yuqori darajada qisqartiriş, soliq yukini pasaytiriş ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Uşbu yönalişda qabul qilingan qonun hujjatlaridan kelib çiqqan holda respublika soliq ma'muriyatçiligini zamonaviy asosda yangi bosqiçga kötariş böyiça eng muhim yönalişlar belgilab olindi.












