2017 yilda mamlakatimizda 73 ming 692 ta jinoyat röyxatga olingan bölib, 2016 yilga nisbatan 13 ming 720 taga yoki 15,7 foizga kamaygan. Bu haqda IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi boşliği, general-mayor Qutbiddin Burhonov Xalqaro Press klubning 7 mart kuni bölib ötgan sessiyasida ma'lum qildi.

Foto: Xalqaro Press klub
Uning sözlariga köra, ötgan yil davomida respublikadagi mavjud 8 ming 973 mahallaning 1 ming 79 tasida umuman jinoyat sodir etilmadi. Burhonov jinoyatlar kamayişi borasida aniq raqamlarni ham keltirib ötdi. Jumladan:
- qotillik 147 ta, ya'ni 22 foizga
- oğir tan jarohati yetkaziş, bir-birini uriş, piçoqlaş kabi jinoyatlar 108 taga
- nomusga tegiş jinoyati 105 ta (21 foiz)
- bosqinçilik 106 ta
- talonçilik 221 ta (21 foiz)
- öğirlik va firibgarlik köpayib borayotganiga qaramay, öğirlik 900 taga, firibgarlik 591 ta (5,7 foiz)
- transport vositalarini olib qoçiş 6 foizdan köproqqa kamayişiga erişildi.












