AQŞ Davlat departamenti Afğonistondagi «Tolibon» harakati bilan aloqador bölgan «Tahriq Tolibon Pokiston» guruhining uç terrorçisi haqidagi ma'lumot uçun umumiy hisobda 11 mln dollarlik mukofot va'da qildi. Bu haqda Qöşma Ştatlar Davlat departamenti saytidagi xabarda aytiladi.
5 mln dollar guruh yetakçisi Mavlono Fayzullo uçun taklif etilyapti, yana 3 mln dollardan Abdul Vali va Manğal Bağ haqidagi ma'lumotlar uçun tölab beriladi. Davlat departamenti ma'lumotlariga köra, Fayzullo 2010 yilda Nyu-Yorkda sodir etilişi rejalaştirilgan muvaffaqiyatsiz teraktga aloqador. Öşanda Pokistondan bölgan Faysal Şahzod Tayms-skverda bombani portlab yuborişni möljallagan.
Uning yetakçiligidagi guruh Pokistonning Peşovar şahridagi maktabda 2014 yilda 148 nafar bola va öqituvçilar öldirilişiga mas'uldir. Şuningdek, u 2012 yilda Nobel tinçlik mukofotining bölajak laureati Malala Yusufzoyga hujum uyuştirilişiga javobgar.
Abdul Vali «Tolibon»dan çetlaşgan «Jamoat al-Ahror» guruhiga yetakçilik qiladi. Vali, Davlat departamenti xabariga köra, Pokistonda tinç aholi vakillari, diniy ozçilik va huquqni muhofaza qiliş organlariga hujumlar, şuningdek, Peşovorda AQŞ konsulligining ikki xodimi ölimi uçun mas'ul. Bağ – NATO konvoylariga hujum qilgan, şuningdek, Davlat departamentiga köra, Pokiston va Afğonistonda narkosavdo hamda odamlarni öğirlaş bilan şuğullangan «Laşkari islom» guruhi yetakçisi.












