Özbekistonda muhokama uçun tegişli qonun loyihasi e'lon qilindi, unda 2018 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston hududida naqd xorijiy valyutani yeçib oliş mexanizmini tatbiq etiş közda tutilgan.

Qonun loyihasiga köra, joriy yilning 1 aprelidan boşlab jismoniy şaxslar tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida, jismoniy şaxslar tomonidan xalqaro tölov kartoçkalariga xarid qilingan naqd xorijiy valyutani yeçib olişlari mumkin böladi.
 
Bundan taşqari, şu muddatgaça çet el valyutasining oldi-sotdisi böyiça amaliyotlarni bajariş va xalqaro tölov kartoçkalaridan mablağlarni xorijiy va milliy valyutadagi muddatli depozitlarga ötkazişni ta'minlaydigan, jismoniy şaxslar hisoblarini masofadan boşqariş tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda.