SpaceX va Tesla asosçisi Ilon Mask tvitterda özining boşqa kompaniyasi - The Boring Company tomonidan yaratilayotgan, şaharlar ostidagi tunnellar uçun elektrobus kontsepti tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Better video coming soon, but it would look a bit like this: pic.twitter.com/C0iJPi8b4U
— Elon Musk (@elonmusk) March 9, 2018
«Öylaşimça, buni soatiga 241 kilometr tezlikdagi yerosti avtomatlaştirilgan elektr avtobus, deb atasa böladi, u tunnellar va liftlar örtasida avtomatik ravişda yönalişini özgartiradi. Şu tariqa, ha, bu avtobus», - deya yozgan Mask tvitlarga javobida.
Tadbirkorning ma'lum qilişiça, The Boring Company uçun avtomobillar emas, balki piyodalar hamda velosipedçilar ustuvor masalaga aylanadi. Şuningdek Maskning bildirişiça, kompaniyasi butun şahar böylab joylaşadigan köplab juda kiçik stansiyalarni barpo etişni rejalaştirmoqda.











