Pekinda uzunligi 415 metr keladigan va maksimal tezligi 350 km/soat bölgan “Fusin” tezyurar poyezdi sinovdan ötkazildi. Xitoy temir yöl korporatsiyasi CRRC Tangshan ma'lumotlariga köra, bunday tarkibning sinovi ilk bor ötkazildi.
Ma'lum qilinişiça, yangi poyezd 16 ta vagondan iborat bölib, u bunday tezyurar poyezdlarning avvalgi modellaridan 2 barobar uzunroq. Poyezd 1,1 mingdan köproq yölovçi taşiy oladi.
Yangi poyezd sinov bosqiçidan ötmoqda: poyezd ommaviy işlab çiqarilişidan avval 28 ta sinovdan ötkazilişi rejalaştirilgan. “Fusin” modelidagi poyezdlar tezyurar tarkiblarning yangi avlodini taqdim qiladi. Ular töliq Xitoyda loyihalaştirilgan, kam miqdorda elektr energiya sarflaydi va uzoqroq xizmat qilişi bilan farqlanadi.
Bugungi kunda Xitoyda tezyurar yölovçi poyezdlarning maksimal tezligi 350 km/soatni taşkil qiladi. 2017 yil sentabrda bunday tarkiblar Pekin-Şanxay yönalişi böyiça harakatlana boşlagan. Bunday poyezdlar bir kunda 505 mingga yaqin yölovçi taşiydi.
Xitoyda temir yöl izlari uzunligi 124 ming km ga yaqinni taşkil qiladi. Ulardan 22 ming kilometri tezyurar temir yöl magistrallariga töğri keladi.












