Özbekistonga xorijiy sarmoyadorlarni rom etiş, yangi investitsion loyihalarni amalga oşiriş muhim vazifaga aylangan bir pallada, turkiyalik işbilarmon Şamil Dinjyel bu yerdagi faoliyatini tugatişi mumkinligini bildirmoqda. Gap şundaki, u «Setaş kimyo» kompaniyasining Toşkentdagi filial zavodiga rahbarlik qiladi, ammo Şamil «​qilinayotgan işdan foyda emas, balki zarar körişni​ boşlagani»​ haqida gapirib berdi.

«Avvalambor, men bilan suhbatlaşganingiz uçun minnatdorligimni izhor etaman. Negaki, meni qiynab turgan masala bilan na mutasaddi vakillar, na hukumatning işi bor. Murojaatlarim yengil-yelpi, yuzaki örganilmoqda. Men 60 yillik tajribaga ega, jahon bozorida mustahkam örinni egallagan kompaniya vakili sifatida Markaziy Osiyoda yagona bölgan pigment va kimyoviy rang unsurlarini işlab çiqaruvçi zavodni Toşkentda qurilişiga boş-qoş böldim», deb sözini boşlaydi u.

Ma'lum qilinişiça, 2017 yilning özida özbekistonlik tadbirkorlar sifatli pigment xarid qiliş uçun Turkiyaga taşrif buyurib, 900 tonna xom-aşyo mahsulotini import qilgan. Bu körsatkiçning yanada ortişi, mintaqada trikotaj-tikuv mahsulotlarini işlab çiqariş uçun zaruriy xom-aşyolar mavjudligi soha kelajagini belgilab beradi.

«Biz xaridorlarimizga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Markaziy Osiyoda kompaniyamiz filialini taşkil etişga qaror qildik. Bundan taşqari, Toşkentdan turib, qöşni mamlakatlarga eksport qiliş salohiyatiga egamiz», deb sözida davom etadi u.

Dinjyelning aytişiça, faoliyati boşlanganiga endigina 1 oy bölgan zavodning tez orada yopilib ketişiga asosiy sabab - soha faoliyatini tartibga soluvçi huquqiy hujjatlarda inobatga​ olinmagan ayrim holatlar.

Masalan, 2016 yili Özbekiston Respublikasi Prezidentining «​2017-2019 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida»​gi qarorida mazkur sanoatni modernizatsiyalaş, diversifikatsiyalaş va jadal rivojlantirişni ta'minlaş va yana bir qator vazifalarni bajariş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar işlab çiqilgandi. 

Qarorning 14-bandida ta'kidlanişiça, töqimaçilik va tikuv-trikotaj tarmoğining nooziq-ovqat iste'mol tovarlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalarga 2020 yilning 1 yanvariga qadar turli soliq hamda bojxona imtiyozlari, preferensiyalar berildi. Şuningdek, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari işlab çiqarişda foydalaniladigan, respublikada işlab çiqarilmaydigan xom-aşyo va materiallar, şu jumladan, tasdiqlangan röyxat asosida import qilinuvçi uskunalar, butlovçi buyumlar uçun bojxona tölovlari tölaşdan ozod etilgan.

Masalaning mohiyati şundaki, «Setaş kimyo» kompaniyasi mahsulotlari aholi iste'mol qiladigan nooziq-ovqat mahsulotlarni işlab çiqariş bilan şuğullanmaydi. Çunki kompaniya import qilişi zarur bölgan xom-aşyolardan kimyoviy unsurlar, rang va pigmentlar tayyorlanadi. Körinib turibdiki, buni nooziq-ovqat iste'mol tovarlari, deyiş mantiqqa zid. Ammo özbekistonlik işbilarmonlar aynan Turkiyaga qatnab, boj tölovisiz pigment va rang böyoqlarni trikotaj-tikuv mahsulotlarini tayyorlaş uçun import qilmoqda. Vaholanki, bu Özbekistonda ham mavjud.

«Barçasining asl sababi: biz xom-aşyoni import qila turib boj tölaşimiz, mahalliy tadbirkorlar esa tölamaydi. Biz işlab çiqargan mahsulot tan narxi mutanosib ravişda qimmatlaşgan. Bu holatda ikki xil yondaşuv mavjud: biz ham xom-aşyo import qilişimizda alohida imtiyozlarga ega bölişimiz kerak. Yoki içki bozordagi xaridorlarimiz xom-aşyoni import qilişda boj tölovini amalga oşirişi talab etiladi», deb fikrini bildirdi turk tadbirkori.

Şamilning aytişiça, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni çetdan olib kiriş mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirmaydi. Qolaversa, bu xom-aşyo materiallari yirik sanoatni kuçlantiruvçi ahamiyatga ega.

«Biz xom-aşyo uçun import bojini tölab, pigment işlab çiqaryapmiz. Mahalliy hamkorlarimiz esa kompaniyaning Turkiyadagi bölimlaridan tayyor xom-aşyoni xarid qilib, boj tölovisiz import qilmoqda. Demak, biz Özbekiston bozoridan çiqib ketsak ham böladi. Turkiyadan turib, eksport hajmini oşiriş maqsadga muvofiq bölib qoldi», deb fikrini yakunladi u.

Barçani öylantirib qöygan vaziyat şundaki, iqtisodiyot - tirik organizm, unga qanday muomala qilsangiz, şunday aks javobni qaytaradi. Ulgurji xom-aşyoni boj tölovisiz import qiliş örniga mahalliy işlab çiqarişni yölga qöygan foydali emasmi? Yoki mahalliy pigment işlab çiqaruvçi tadbirkorga ham imtiyoz taqdim etilar? Öylaymizki, Özbekiston hukumati ayni vaziyatga öz vaqtida munosabat bildiradi.