Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaşga tayyorgarlik köriş, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bölgan özaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuçaytiriş, beğaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltiriş, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, respublikaning barça hududlarida sanitariya holatini yaxşilaş maqsadida Hukumat farmoyişi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Farmoyişga asosan 2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barça hududlarida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya haşari ötkaziladi.
Haşar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik iş haqi miqdoridagi mablağlari Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravişda ötkazilişi belgilandi.
Xayriya haşaridan tuşgan mablağlar kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bölgan şaxslarga, yolğiz qariyalarga moddiy va ma'naviy yordam körsatiş kabi tadbirlarga sarflanişi nazarda tutilmoqda.












