Qayd etilişiça, anomal issiq ob-havo şaroitida oçiq havoda uzoq vaqt mehnat qiliş issiq urişi, suvsizlaniş, yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatining buzilişi hamda boşqa oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
“Mehnat kodeksining 359-moddasi hamda 0069-24-son SanQvaN talablariga muvofiq, yilning issiq davrida oçiq hududlarda havo haroratining 36°S va undan yuqori bölişi öta xavfli (ekstremal) mehnat şaroiti hisoblanadi”, deyiladi inspeksiya ogohlantirişida.
Davlat mehnat inspeksiyasi quyidagilarga qat’iy rioya etilişini talab qilgan:
10:00–17:00 oraliğida oçiq hududlarda haşarlar, ommaviy mehnat tadbirlari va boşqa jamoaviy işlarni ötkazmaslik, zarur işlarni imkon qadar soat 10:00 gaça yoki 17:00 dan keyin salqin vaqtlarda taşkil etiş.
Şuningdek, keçiktirib bölmaydigan işlarda mehnat va dam olişning maxsus rejimini joriy etiş, iş vaqtini qisqartiriş; xodimlarni soyali dam oliş joylari, içimlik suvi, şaxsiy himoya vositalari va birinçi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlaş tavsiya qilingan.
Inspeksiya mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik talablarini buziş hamda xodimlar hayoti va soğliğiga xavf tuğdiruvçi mehnat şaroitlarini yuzaga keltiriş qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişini eslatib ötgan.








