AQŞ prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boşqarmasining yangi rahbari sifatida Jina Hespelni taniştirdi. Bu haqda prezident öz tvitterida yozgan.
Şu vaqtgaça MRB rahbari örinbosari sifatida işlab kelgan Hespel endilikda Markaziy razvedka boşqarmasiga rahbar bölgan ilk ayolga aylandi.

«MRBning yangi direktori Jina Hespel, u bu lavozimdagi ilk ayol. Barçani tabriklayman!» — deya ma'lum qilgan Tramp.
Bundan avvalroq MRB rahbari Mayk Pompeo Tramp tomonidan işdan böşatilgan Reks Tillerson örniga yangi davlat kotibi bölgani ma'lum qilingandi.











