Har qanday davlat rivojlanişida aql, tahlil va oddiy mantiq muhim rol öynaydi. Agar davlatni tirik organizm deb tuşunsak, biz bilgan köplab davlatlarning rivojlanişida «miya markazlari» yoki «tahlil markazlari» (think tanks) muhim örin egallaganiga guvoh böliş mumkin. Xöş, Özbekistonda tahlil markazlarning ahvoli qanday?
Bu mavzuda avvalo statistikaga murojaat qilinadi: AQŞda joylaşgan Pensilvaniya universiteti tadqiqotçilari har yili jahonda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlarini örganadi. Şuningdek, ular bir davlatda neçta tahlil markazlari mavjud, bunday markazlar nima bilan şuğullanişi kabi masalalarga töxtalib ötadi.
Ma'lumotlar köra, Yer qit'asida jami 7815 tahlil markazlari faoliyat yuritayotgan bölib, şulardan 26,2 foizi Yevropada joylaşgan, 25.2 foizi esa Şimoliy Amerikada joylaşgan. Nisbatan quyi poğonada, 20,7 foiz uluş bilan Osiyo reyting «uçligi»ni yakunlaydi.
Mamlakatlar kesimida tahlil qilinganda, birinçi beştalikni qöyidagi davlatlar egallamoqda:
• Amerika Qöşma Ştatlari – 1872;
• Xitoy – 512;
• Buyuk Britaniya – 444;
• Hindiston – 293;
• Germaniya – 225.
Uşbu reytingda Rossiya Federatsiyasi 103 tahlil markazi bilan 9-poğonani egallagan.
Pensilvaniya universiteti statistik ma'lumotiga köra, Özbekistonda 12ta tahlil markazi faoliyat yuritmoqda. Qöşni davlatlar bilan soliştirganda, Qozoğistonda - 28, Qirğizistonda – 27 va Tojikistonda – 7ta tahlil markazi mavjud, Turkmaniston haqida esa ma'lumot mavjud emas.
Markaziy Osiyoda kuçli tahlil markazlari röyxatida Özbekistondan qöyidagi taşkilotlar iştirok etmoqda: Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti va «Tahlil» ijtimoiy örganiş markazi. Ta'kidlaş joizki, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Markaziy Osiyoning tahliliy markazlari röyxatida 12-örinni egallab turibdi.
Katta hisobotda birinçi navbatda oziq-ovqat xavfsizligi bilan şuğullanadigan tahlil markazlari röyxati keltiriladi. Tabiiyki, oziq-ovqat sanoati va uni boşqariş juda muhim ijtimoiy-iqtisodiy siyosat böğini hisoblanadi. Şunday qilib, röyxatning birinçi örnida AQŞ körsatilgan, ya'ni uşbu davlatda 56ta tahlil markazi oziq-ovqat bilan boğliq barça muammolarni örganişadi: eksport, import, talab, taklif, yer va suv resurslari, çorvaçilik, boğdorçilik, issiqxonalar, sifat körsatkiçlari, laboratoriya örganişlari va hokazo.


