13 mart kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasida Olimpiya zaxiralari kollejlari rahbariyati, viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmalari boşliqlari, respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlari iştirok etişdi. Unda kötarilgan asosiy masala bu olimpiya zaxira kollejining kelgusidagi faoliyati haqida böldi.

Oldindan aytib qöyay, MOQning bu işini ma'qullayman. Nomidan ham körinib turgan olimpiyaçilarga doimiy zaxira yetkazib beriş uçun möljallangan kollejlarning bugungi darajasini talab darajasida deb bölmaydi. Birgina sportdagi natijalarimiz orqali buni bilib oliş qiyin emas. Ikki-uç sport turi bilan sohadagi tuynuklarni yopib, boşqalarni ayblaymiz. Şu ma'noda, MOQ va Jismoniy tarbiya va Sport vazirligining olimpiya zaxiralari kolleji, ularning qabul kvotalarini qayta körib çiqiş, ortiqça örinlarni yöq qiliş kabi masalalarni kötarib çiqayotgani yaxşi. Lekin tanganing boşqa tomoni bor.

Umid Ahmadjonov hududlardagi kollejlarda ajratilgan kvotalar soni köpligi, heç qanday natija bermayotgan turlarga, aslida boşqa sport turi bilan şuğullanayotganlarni ham majburlab öqitiş holatlari kuzatilayotganini gapirdi. Xöp yaxşi. Lekin yeçimga kelganda yana öşa yölning boşqaçaroq, ya'ni qisqartirilgan varianti tanlandi. Tuşuntirişga harakat qilaman.

Aytaylik, Andijon olimpiya zaxiralari kollejida şu kungaça taxminan 15 nafardan bitta sport turi vakillari bölgan bölsa, ularning kutilgan natijani bermayotgani sabab kvotalar 10taga qisqartirildi (yoki 5taga, farqi yöq). Lekin savol tuğiladiki öşa qolgan 10ta kvotaga ham munosiblar kiradimi? MOQ va sport böyiça mas'ul rahbarlar muammoni kötarişga kötarib çiqişdiyu, yeçimiga kelganda öşa eski yönalişdan, faqat biroz özgartirilgan yöldan borişdi. Har bir hudud kollej rahbarlari va mas'ullaridan «falon sportdan neçta joy kerakligi» sörab çiqildi. Kimdadir ommaviyligi inobatga olinib, boks uçun örinlar köpaytirildi, boşqa sportlarda qisqartirildi.

Menga eng ğalati tuyulgan joyi baribir aniq sonlarda qolgani böldi. Ğalatida, sportga mas'ul rahbarlar kollejlardan misol uçun «suzişga neçta joy kerak», deb söraşyapti? Bu aslida «hududingdan qança suzuvçi çiqadi?», degandek gapda aslida. Endi kollej rahbarini tasavvur qilib köring. Birinçidan, u bugun kollejda öqiyotgan bugungi sportçini tanişi mumkin, imkoniyatlarini ham bilar deylik. Lekin ertaga qanday sportçilar yetişib çiqiş mumkinligini qayerdan bilsin? Öşa sportga mas'ul federatsiya ham kafolat bera olmaydiku, ertaga qança potensiali yuqori bölgan sportçi çiqiş mumkinligini? Balki 5tagaça qisqartirilgan örin kamlik qilar, balki keyinçalik ham hatto öşa 5ta öringa ham munosib bola çiqmasligi mumkinku? 

Professional sportçilarni tarbiyalab çiqarişda ularni heç qaçon ma'lum raqamlar bilan çeklab bölmaydi. 11 nafar yaxşi futbolçini çiqariş uçun 15 yoki 50 nafar futbolçining içidan saralab olinişi mumkinmi, bunisi noma'lum. Ya'ni qaysidir futbol maktabiga 15 bola olaman, şularning içidan 11 nafar yaxşisi çiqadi, deya olmaysizku? Balki 50 nafarining içidan ham çiqmas.

Xitoy yozgi olimpiada öyinlarida muntazam ravişda iştirok etib kelayotganiga endi 34 yil böldi. Soliştiriş uçun, ular Özbekistondan köp emas, 10 yil oldin töliq olimpiada iştirokçisi sifatida iştirok etmoqda. Lekin mana şu davrda, yoki 10 yil oldin Pekinda ötgan olimpiadada (muntazam iştirokdan bor-yöği 24 yil ötib) mamlakat 51ta oltin medalni qölga kirita oladigan darajada katta sport derjavasiga aylana oldi. Albatta bugun sportimiz birdaniga Xitoy darajasiga çiqib qoliş kerak demoqçi emasman, ular bilan taqqoslaş niyatim ham yöq. Şunçaki, ular nisbatan qisqa muddatda bu darajaga qanday qilib çiqib olganini suriştirsangiz, köp narsa topişingiz mumkin.

Aynan bugun butun dunyoda yetakçilar qatoriga kirib olgan Xitoy bu darajaga çiqişida eng asosiy ikkita jihat bor edi. Birinçi navbatda, hukumatning sportga e'tibori. Davlat rahbariyati sport uçun juda katta mablağlar ajratdi. Rivojlanişga hissa qöşadigan qanday moddiy yordam kerak bölsa, barçasini qildi. Bu borada Xitoyga öxşaşmiz. Özbekistonda ham davlat rahbarining şaxsan özi sportga qançalik e'tibor berayotganini, şaroitlar yaratilayotganini körib turibmiz. 

Xitoyliklarning şu darajaga çiqişdagi ikkkinçi ahamiyatga molik jihat, bu sportçilarning saralab olinişida edi. Mamlakat sporti rahbarlari öşa vaqtdayoq eng birinçi navbatda sport maktablariga qabul qiliş talablarini keskin qiyinlaştiradi. Qat'iy talablar qöyiladi. Ma'lum kriteriyalar işlab çiqiladi. Ötgani yölda davom etadi va şuğullanişda davom etadi. Demoqçi bölganim, ular falon sport turida falonça odam qabul qilinişi kerak demagan, aniq, olimpiadaga moslab talablar işlab çiqilgan. Öşa talablarni kim bajarsa, marhamat. U 5ta böladimi, yoki 1000tami farqi yöq. Eng asosiysi, sport prinsiplariga asoslangan sportça normativ böyiça talabni bajargan bölişi kerak.

Şu ma'noda MOQ va vazirlikka öz taklifimni bermoqçi edim. Katta islohotlar boşida turibsiz. Demak, katta özgarişlar qilişga kuçingiz ham, xohişingiz ham yetarli. 

1. Barça hududlar böyiça har bir sport turida yagona talablarni işlab çiqiş kerak. Oddiy misol, olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş uçun, suzuvçi ma'lum natijani qayd etişi kerak. Aniq bölgan vaqt normasi bor. Olimpiya zaxiralari kollejiga qabulda ham xuddi şu tizimni joriy qiliş kerak. Suziş böyiça ROZKda öqimoqçi bölgan talabgor, misol uçun 50 metr masofani qançadir soniyada bosib ötişi kerak, 100 metrda bunça, oğir atletikaçi vazniga qarab ma'lum kg vaznni kötarsin (albatta bunda ham olimpiadada iştirok eta oladigan potensial ölçov olinişi kerak) va hokazo. Albatta balki olimpiada talabi kollej uçun yuqoriroq deb hisoblansa, normativlar biroz pasaytirilişi mumkin. Aslida pasaytirilmagani ham ma'qul, sababi olimpiada talabini bajara olmaydigan sportçilarni öqitişdan naf yöq. Kollejga kiriş yoşida olimpiada talabini bajara olsa, öqişi davomida yanada ösib medallar uçun kuraşa oladigan darajaga çiqa olişi mumkin. Yuqorida aytganimiz Xitoyda suziş böyiça yoşlar jamoasiga saralab olinadiganlardan aynan kattalar olimpiadasiga yöllanma beruvçi normativlar talab qilinar ekan. Öşa normativni yoşligidayoq bajara olgan sportçidan kelgusida medal kutiş va bu medalni qölga kiritişi ham tabiiy holat.

Öz oldimizga yuksak maqsadlarni qöyar ekanmiz, boşida qiyinçiliklar bölsada, talablarni oşirişimiz şart. Oddiy misol, futbolda klublar futbolçilari uçun ham alohida normativlar joriy qilinib, boşida qançadan-qança futbolçilar körikdan öta olişmadi. Lekin qayta köriklardan ötişgandirki, köpçiligi superligada töp surmoqda. Aslida bu klublar işiga aralaşiş bölsada, qaysidir ma'noda terma jamoani öylab qilingani ham töğri. Boşqa sport turlarida esa heç qanday klub faoliyatiga aralaşiş ham bölmayapti. Potentsial Özbekiston şa'nini himoya qilişi kerak bölgan sportçi, yurtning ertangi bayroqdori tanlab olinyapti. Talab ham şunga yaraşa bölişi kerak.

Özi şundoq ham normativlarimiz borku, osongina kirib qolmaydi, dersiz. Lekin men aytmoqçi bölgan talablar qat'iyligi bilan birga çeklovlardan ham xoli. Sportçi yuguriş, turnikka tortiniş şu kabi boşqa turlar böyiça odatiy imtihonlarni topşiraversin. Bu ham zarur albatta. Ammo asosiy özining sport turiga kelganda qattiqroq talabni bajarsin. Bajarsa marhamat, imtihondan ötsin. Omad.

2. Yuqoridagi talablarning barçasi respublikada yagona tizimga birlaştirib çiqilişi kerak. Ya'ni, «Andijonga 3 nafar akademik eşkak eşişçi, Termizga 5 suzuvçi» emas. Hamma qat'iy talablarni bajarganlar ötsin. Kvotalar soni emas, potensial sportçilar, olimpiada talabiga javob beradigan sportçilar ötsin. Misol uçun, butun Özbekiston böyiça 50ta baydarkaçi talabni bajardi. Qolgani bajara olmadi. Aynan öşa 50 sportçi endi qaysi hududda ekaniga qarab, öşa kollejda öqisin. Savol tuğilişi mumkin. Farğonadan bittagina ötsa, uning uçun ham alohida oçiladimi, deb. Yöq. Andijondan sinovni bajargani, Namangandan sinovni bajarganlari qöşilib misol uçun 5 sportçi ötgan bölsa, hududning imkoniyatiga qarab ular uçun vodiydagi bitta hududda öqisin. Navoiydan 10ta suzuvçi talabni bajara oldimi, marhamat Navoiyga 10ta kvota berilsin. Buni hamma sport turiga moslab olişingiz mumkin.

Demoqçi böganim, bugun kollej talabga javob bermay qoldi, deya uni qisqartiriş uçun, uni qançaga qisqartiriş mumkinligini bilib olişimiz muhim. Hudud mas'ulini savolga tutib, «senda 10ta edi, natija bermadi, 5taga qisqartiramiz», degan bilan öşa beşta sportçi zör bölib qolmaydi. Yoki kelgusi yili öşa 10 sportçi natija bermagan turdan öşa hududda yangi 15 nafar zör, iqtidorli bola çiqib qolişi mumkinliginiyam heç kim inkor eta olmaydi. Ya'ni, kvotalarni har qanday holatdayam özaro kelişib taqsimlagan bilan, biz aytmoqçi bölgan özgarişlarni qila olmaymiz. 

Bir paytlari Jizzaxdan ajoyib boks maktabi yetişib çiqqandi. Respublikada ular Andijondan ham ötib ketgan. Lekin bugun terma jamoaga qarasangiz, boşqa hudud vakillari köproq ekanini körasiz. Avlodlar almaşinuvi degan narsa bor. Bugun 70 nafar boksçi berayotgan Andijon ertaga uloqni boşqa hududga berib qöyişi, qançadir muddatda buni qaytarib olişi yoki olmasligi mumkin. 

Kvotalar esa birinçi navbatda natijasiga qarab ajratilsa, natijalardan söng hududlarga bölinsa, aslida sportça prinsiplar uçun ham bu eng töğrisi. Öşa yiğilişda aytilganidek, barçasi bitta vatan — Özbekiston uçun. Sportçining qayerga borib öqişi, qayerda musobaqaga tayyorgarlik körişining ahamiyati yöq. Eng asosiysi, birinçi navbatda u şu yurtni nomini kötara oladigan darajadagi talabni bajarişi va keyinçalik bu nomni oqlaşi kerak böladi. Qarşiga suzişdan 5ta yöllanma berib, 5 yilda ham beşta olimpiadaga munosib sportçi çiqmasligi, yoki aksinça ham bölişi mumkin. Lekin barçasi faqat Özbekiston uçun ekan, undagi talablar ham bitta bölişi kerak. Taqsimlaş esa barçasi hal bölganidan keyin amalga oşirilişi kerak.

Rossiyaga olimpiada oltin medalini olib kelgan figurali uçuvçi Alina Zagitova hali kollej yoşida ham emas. Hali kollejga bormaydigan bu kabi misollar köp. «Kollejga kiradigan bolaga bunday katta talablarni qöysak, heç kim öta olmaydiku», deyişingiz mumkin. Mayli bir yil hammasi bölib 100 sportçi ham öta olmasin. Muhimi, öşa öta olganlar, ertaga bizni uyaltirib qöymaydigan sportçilar bölişadi. Davlatning pulini bekorga sarflamagan bölamiz. Oldimizga yuqori maqsadlarni qöyar ekanmiz, boşlayotgan işimizdagi talablar ham şunga mos bölişi kerak. Şunday emasmi?

Azamat Murodov