Sportçilar Milliy olimpiya qömitasi binosida töplanib, avtobuslarda aeroport tomon yöl olişdi. Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida olimpiadaçilarni kuzatiş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qömitasi raisi Rustam Şoabdurahmonov iştirok etişdi va sportçilarga omad tilaşdi. Tadbirni onlayn tarzda boksçi, dzyudoçi, taekvondoçilar ham kuzatişdi.

Abdulla Aripov olimpiyaçilarga barça imkoniyatlar yaratib berilganini ta'kidladi:

«Mana 5 yil kutilgan Olimpiada boşlaniş arafasida. Turnirga tayyorlaniş uçun moddiy-texnik tomondan barça zarur şart-şaroitlar yaratib berildi. Natijalar ham şunga yaraşa bölişi kerak. Vatan sizni ğalabalar bilan kutadi.

 

Sportçilarimiz Riodagi olimpiadada juda muvaffaqiyatli qatnaşişgandi. Şuning uçun raqiblar bu gal bizga avvalgidan jiddiyroq munosabatda bölişadi. 9 avgust kuni mana şu yerda sizlarni xursandçilik, yoruğ yuz bilan kutib oliş nasib qilsin».

Delegatsiya tarkibidagi eng yoş sportçi — 18 yoşli qiliçboz Zaynab Dayibekova Tribuna.uz muxbiriga bergan intervyusida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi:

«Hissiyotlar özgaça Vatanimiz şarafi uçun kuraşişga harakat qilamiz.

Sönggi tayyorgarlikni Dukentda ötkazdik. Raqiblarning janglari yozilgan videolarni körib, ularni tahlil qildik».

Tennisçi Denis Istomin esa ehtimoliy raqiblari haqida gapirib ötdi:

«Riodagi Olimpiadadan söng ötgan 5 yil içida tennis özgardi. Yoş va umidli tennisçilar bor. Bu safargi musobaqada Rojye Federer va Rafael Nadal yöq. Novak Jokoviç — ğoliblikka asosiy da'vogar. Lekin tennisda hamma narsa bölişi mumkin, ayniqsa, olimpiadada. Yoş sportçilar özlarini körsatişga harakat qilişadi. Muhimi — öziga bölgan işonç».