Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, bugun Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining Boş assambleyasi bölib ötdi. Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqildi.
«Milliy olimpiya qömitasi raisi lavozimiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.
Şuningdek, Boş assambleya MOQ raisining birinçi örinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais örinbosari lavozimiga Şerzod Taşmatovni, qömita boş kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi", — deyiladi xabarda.


Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov, Boş assambleya a’zolari, şuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnaşdi.









