Turkiyaning janubi-şarqiy hududlarida kuçli zilzila sodir bölganidan keyin Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi uşbu mamlakatda öquv-maşğulot yiğinini ötkazayotgan va xalqaro musobaqalarda iştirok etayotgan özbekistonlik sportçilar haqida ma’lumot berdi.
Erkin kuraş böyiça Özbekiston yoşlar milliy jamoasi Turkiyaning Qahramonmaraş şahridagi xalqaro musobaqada iştirok etayotgan edi. Biroq, mazkur hudud zilzila episentri markaziga aylanib qoldi. Sportçilarni Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi yordami bilan Anqara şahriga jönatiş çoralari körilmoqda. Şundan söng ular Toşkentga qaytib keladi.
«Sportçi va murabbiylarning barçasi soğ-salomat», deyiladi xabarda.
Şuningdek, velosport böyiça Özbekiston milliy jamoasi Alaniya, baydarka va kanoeda eşkak eşuvçilar esa Belek şahrida öquv-maşğulot yiğini ötkazmoqda. Zilzila uşbu hududlarga katta ta’sir körsatmagan va maşğulotlar reja asosida davom etyapti.
Qolaversa, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ham Turkiya yiğinida bölib turgan bir neçta futbol klublari va turli yoşdagi milliy jamoalar a’zolarining salomatligi yaxşiligi haqida ma’lumot bergan.










