Avvalambor, Joze Mourino haqida. Bilasizmi, köpçilik orasida u haqida biroz boşqaça, menimça notöğri bölgan fikr yuradi. Masalan, u kubok öyinlari uçun yoki yakkama-yakka kuraş uçun mos murabbiy – ya'ni alohida uçraşuvlar uçun jamoani yaxşi tayyorlay oladi, qiyin pallalardan çiqib ketişning uddasidan çiqadi, deyişadi. Aslida esa, butunlay teskarisi, Mourino aynan mana şunday pallalar uçun biroz ojiz murabbiy. Uning yutuği, sovrinlari mana şu qobiliyat yordamida kelmagan.

Körib çiqamiz. Ikki marta Yevropa Çempionlar kubogi, ha. Eslang, «Inter» ham, «Portu» ham öşa yili şu sovrinni yutişi şart bölgan favoritlar emasdi. Har ikki holatda ham Mourino uçun final ança oldinroq, «Barselona» va «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinlarda bölib ötgandi. Aynan öşa öyinlarda Mourino ikkinçi jamoa maqomida bölgan va heç qanday bosimsiz harakat qilib, keyingi bosqiçga ötgan. «Monako» va «Bavariya» (öşa) bilan finallar esa, Joze uçun ötgan yilgi «Ayaks» kabi yonğoq edi, çaqib taşlagan. Bugungi «Mançester Yunayted»ni öşa jamoalar bilan taqqoslab bölmaydi. Biri Yevropaga özini körsatiş ilinjida odimlayotgan yoş jamoa, ikkinçisi köpgina top-klublardan quvilgan alamzada futbolçilar... Mourino uçun ayni muddao. Bugungi «MYu» esa, göyoki, faoliyatidagi eng zör şartnomasini allaqaçon tuzib bölgan yulduzlar. Yöq, öxşamaydi.

«Çelsi» bilan «Atletiko» va «PSJ»dan mağlubiyatlarni eslasak, murabbiyning ortiqça ehtiyotkorligi, imkoni boriça, oçiq kuraşmasdan masalani hal qilişga urinişi muhim lahzalarda jamoaga pand bergandi.

«Çelsi» va «Real» bilan yutilgan çempionliklar. Öşa çempionatlarda muvaffaqiyat kaliti nima bölgandi? Irodali öyinmi yoki «Barselona», «Arsenal» kabi raqiblar bilan özaro töqnaşuvlarmi? Yöq. Joze bu  çempionliklarni avvalo, barqarorlik evaziga oldi. Dastlabki 10 turdan keyin jadvalda peşqadam bölib olgan «Real» va «Çelsi» oğişmasdan pragmatik tarzda öz yöliga davom etdi. Mourino çempionlikni özaro öyinlarda esa, boşqa jamoalar bilan öyinlarda kamroq xato qiliş orqali qölga kiritişni tanlaydi doim. Bunday öyinlarda uning ehtiyotkorligi, xato qiliş riskini kamaytirişga urinişi yordam beradi. Biroz orqada qolib, ta'qib qiliş yoki özaro öyinlarda masalani hal qiliş lozim bölganda esa, Mourino özini noqulay his qila boşlaydi. Axir buning uçun pozitsion hujum qiliş, ğalabadan boşqasi qoniqtirmaydigan öyinlarda maydonga tuşişga töğri kelardi. «Çelsi»dagi ikkinçi kelişidagi ilk mavsumni eslang: londonliklar aslida «Siti» va «Liverpul» bilan bir xil imkoniyatda bölgan, Joze esa, tinmasdan çempionlik uçun kelasi mavsumdan kuraşişini aytişdan çarçamagan. Yakunda, biroz ertaroq kuraşdan çiqib ketgan va murabbiy buni rejali işdek körsatişga uringandi.

Xullas, şunça gaplarni yozişimdan maqsad şuki, Joze Mourino qöl ostidagi «Mançester Yunayted» baribir ham jamoani kutib turgan sinovlarga doş berolmas edi. Çempionlar Ligasida «Real», «Bavariya» yoki «Barselona», şuningdek ingliz klublari bilan bahslarning yakunida «MYu» ğalaba qozoniş imkoniyatiga ega emasdi, işonavering. Yuqorida gaplar bilan men «Mourino pley-offlar dahosi, har qanday vaziyatda sovrin uçun da'vogarlik qila oladi» deb öylab, «Sevilya»dan mağlubiyatni göyoki potensial bir sovrin imkoniyati boy berilgani bilan izohlamaslik kerakligini aytmoqçiman. Ajdar klublar içidan boş sovrinni yutib oliş yoki hozirgi «Mançester Siti»ni ta'qib qilib, yetvoliş Mourino odatda muvaffaqiyat bilan bajaradigan işlar emas, bölmagan ham. Şu tomondan olib qaraganda, keça heç narsa yöqotilmadi — u çorak finalda biror top klub bilan ötadigan ayançli 180 daqiqadan qutildi xolos.

Endi vaziyatga boşqa tarafdan, jamoaning istiqboli va ruhiy holati nuqtai nazaridan baho beramiz. Keça, 80-daqiqaga kelib, «Barselona»ni qöying, hatto «Sevilya» bilan öyinda pozitsion ustunlikka ega böla olmagan «MYu» ğalaba golini urişini istamadim. «Sevilya» gol urganida xursand böldim ham hatto. Negaligini aytaman.

Ötgan yildan buyon Mourino boşqarayotgan «Mançester Yunayted» kuçli klub böliş yölida qandaydir yölga otlandi. Bir qator transferlar qilindi va öylaymanki, yana bu iş yana davom ettiriladi. Jamoa Yevropa miqyosidagi musobaqalarga favorit böliş uçun tayyor emasligini murabbiynig özi ham aytgan, hamma biladi, töğrimi?

Xöş, bunday vaziyatda, aynan «Sevilya»dan yutqaziş yaxşimi? Ha! Çunki, e'tibor bergan bölsangiz, heç kim ispan jamoasining «MYu» dan kuçli ekanini aytmayapti. Heç kim «MYu» şunça pul sarflab, bir yarim yillik yöl oxirida «Sevilya»ni yuta olmaydigan jamoaga aylanib qolgani haqida gapirilmayapti. Nima deyilyapti, faqat murabbiyning qörqoqligi, jamoaning öyinga tayyor bölmagani, yetarliça iştiyoqning bölmagani, haddan taşqari ehtiyotkorlik va hokazo. Ya'ni, hamma bu voqea kutilmagan hol bölib, «MYu» faqat va faqat öziga mağlub bölganini qayd etyapti, tuşunyapti. Barça tanqid va bosim Mourinoning şaxsiga qaratilyapti. E'tibor bering, oldinroq «Liverpul» yoki «Çelsi» ustidan qozonilgan ğalabalar ham yordamga kelayotganini — «Sevilya»dan mağlubiyat aynan «Sevilya» bilan öyinga bölgan munosabat tufayli yuzaga keldi, hammaning fikriça. Töğri, murabbiy xato qildi, ammo bu degani jamoa u qadar kuçsiz emas, Mourino şunday xatolarni takrorlamasa, umid bor. Jamoa u qadar ilojsiz inqirozda emas, axir «Liverpul» mağlubiyatga uçratildi-ku, töğrimi?

Baribir yakunda ğolib bölinmaydigan turnirdan mana şunday çiqib ketiş «MYu» uçun ham, Mourino uçun ham ayni muddao. Yöq, ataylab yutqazilmadi, ammo ğalabadan köra  foydali mağlubiyat bu.

Tasavvur qiling, çorak finalda ispan grandlari yoki «Bavariya», balki hatto «Liverpul»ning raqib bölişini. Menimça, bu raqiblar bilan bugungi «Mançester Yunayted» juda oğir zarbani qabul qilişi va endi muammo yanada oğriqli tarzda örtaga çiqişi mumkin edi. «MYu» öziga özi mağlub bölgani yaxşimi yoki murabbiyning juz'iy xatolari evaziga emas, çindanam kuçi yetmagani uçun kuraşdan çiqib ketsami?

Lui van Gaalning Mançesterdagi faoliyatiga nuqta qöygan öyin, menimça, sönggi mavsumdagi Yevropa Ligasida «Liverpul»ga qarşi öyinlar edi. Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun muhim turnirda «Liverpul»dan har jabhada yengilgan van Gaal bir yarim yilda deyarli heç narsa qilmagani oşkor bölib qolgandi.

Burgut közi bilan xuddi şu fikrni Mourino jamoasiga nisbatan ham qöllaş mumkindir, lekin ikki farq bor — birinçidan «MYu» katta ehtimol bilan minimum vazifani bajaradi va kuçli törtlikka kiradi. Ikkinçidan, «MYu» körsatayotgan öyin Joze uslubiga yaqin baribir, murabbiy şu yönalişda mehnat qilganini qabul qiliş mumkin. Lui esa, butunlay boşqa falsafani ilgari surgan holda, yakunda, öşa uslubni namoyiş qila olmagandi.

Demak, agar Joze Mourinoning yana kamida bir yil Mançesterda qolişini, öz işini oxirigaça yetkazişini, sarf qilingan şunça transferlar behuda ketmasligini istasangiz, keçagi mağlubiyat Jozening «Yunayted»ini qutqarib qoldi, deyiş mumkin. Joze öz jamoasi muammolarini biladi va bu yönalişda yana iş qilişiga işonçim komil. Bu muammolarning kattaroq, şarmandaliroq tarzda yuzaga çiqmasligi esa, ruhan jamoani saqlab qoladi, murabbiyning xatosi bir öyin emas, bir yarim yillik bölgandek tasavvur paydo bölişini oldini oladi.

Yöq, Jozening ketişini, u heç qaçon jamoani odam qilmasligini tarğib qiladiganlar uçun ham yaxşi iş böldi — bemalol oq bayroqni olib, noroziliklarni davom ettiriş mumkin. Ya'ni, har qanday «MYu» muxlisi uçun «Sevilya»dan mağlubiyat ayni muddao. Jamoaning YeÇLda ğolib bölişi mumkinligiga işongan uçinçi tur muxlislar uçun esa, yuqorida aytildi — ortiqça xayollardan qutuldingiz.

Uyoği ma'lum. «Mançester Yunayted» kamida 2-örin va Angliya kubogi yarim finalida mavsumni yakunlaş uçun «Brayton», «Suonsi», Bornmut», «Vest Hem», «Uotford»larni yutiş talab qilinadi xolos. Buni Mourino eplaydi. Ötgan yildagidek uçta sovrin yutilmasa ham, ança oldinga taşlangan qadam. Hatto, aytaylik, Angliya kubogi yutib qöyilsa, urdi xudo, YeÇL çorak finalida çiroyliroq öynab, mağlub bölgan Yurgen Kloppni masxara qiliş imkoniyati ham böladi hali Jozeda...

Hayotni gözal qiliş uçun qayerdan qaraş kerak bölsa, Mourino öşa tarafni har doim topadi. Çidang.

Qahramon Aslanov