«Toshkent univermagi» (TsUM)ni rekonstruksiya qiliş va uning rahbariyatiga xorijiy menejyerlarni jalb etiş rejalaştirmoqda.

«Toshkent univermagi» AJ kompaniyasi aksiyadorlarining uşbu masala yuzasidan navbatdan taşqari umumiy yiğilişi 29 martga belgilangan, deb yozmoqda Spot.

«Toshkent univermagi» AJ binosini amaldagi talablarga moslaştiriş uçun töliq rekonstruksiya qiliş böyiça loyihani işlab çiqişga tanlov e'lon qiliş», - deyiladi kun tartibi materiallarida.

Bundan taşqari, kun tartibiga quyidagilar kiradi:

yuqori malakali xorijiy menejyerlarni jalb etgan holda ijro etuvçi organning rahbar lavozimlarini almaştiriş böyiça tanlov e'lon qiliş;

«Toshkent univermagi» AJ aktivlari va biznesini baholaş;

1,1 mln. AQŞ dollari miqdoridagi aksiyalarga aylantiriladigan qimmatli qoğozlar çiqarilişi va ularni aksiyadorlar örtasida ular egalik qiladigan aksiyalar soniga mutanosib ravişda tarqatiş töğrisida e'lon qiliş.