Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida yuqori natijalarga erişgan va ijobiy iş tajribasiga ega 50 nafar hokim yordamçisidan iborat "loyiha menejerlari" guruhi taşkil etiladi.
 
Işsiz va kambağal fuqarolarni içki va taşqi mehnat bozori talablariga mos keladigan işçi kasblarga öqitiş tizimini yaratiş maqsadida Kasbiy könikmalar markazlari taşkil etiladi.

Xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlaş va ularning mehnatini muhofaza qilişni ta’minlaş maqsadida:

  • 2025 yil 1 yanvardan boşlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qiliş va mehnatni muhofaza qilişni kuçaytiriş, iş beruvçilar va xodimlar örtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qöllab-quvvatlaş, mehnat nizolarini videokonferensaloqa şaklida mediatsiya usuli bilan hal etiş tizimi joriy etiladi;
  • 2025 yil 1 martdan boşlab, mulkçilik şakllaridan qat’i nazar, barça taşkilotlarda xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlaş va mehnatni muhofaza qiliş holati onlayn-reyting asosida baholanadi;
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar iş joyida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari xavfining oldini oliş, xavfsiz mehnat şaroitlarini ta’minlaş maqsadida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi standartlari işlab çiqiladi.

2024 yil 1 noyabrdan boşlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bölinmalari tomonidan tekşiruv boşlangan paytdan boşlab Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi yuzasidan tekşiruvlar ötkaziladi.