Vazirlar Mahkamasi «Davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik öquv kurslariga öqitiş, ularga menejerlik sertifikatini beriş va nomzodlarni lavozimga tayinlaş tizimini joriy etiş töğrisida» qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boşlab Maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik öquv kurslarida öqitiş va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron şaklda beriş tizimi joriy qilinadi.

2025 yil 1 sentabrdan boşlab menejerlik sertifikatiga ega bölgan taşkilot direktoriga uşbu sertifikatning amal qiliş muddati davomida lavozim maoşiga har oylik 30 foiz qöşimça ustamalar tölanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega bölgan nomzodlar orasidan taşkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi şakllantiriladi. Bunda taşkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud bölgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlari direktori lavozimiga nomzodlar uçun tarbiya jarayonlarini samarali boşqariş böyiça kontent materiallarini işlab çiqişda kömaklaşadi.

Uşbu qaror bilan Davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik öquv kurslarida öqitiş va ularga menejerlik sertifikatini beriş tartibi töğrisidagi nizom hamda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining tuzilmasi ham tasdiqlandi.