Fransiya tomonidan Ukrainaga yetkazib beriladigan Mirage 2000 qiruvçi samolyotlarini işlab çiqaruvçi Dassault Aviation fransuz aerokosmik kompaniyasining top menejeri Anri Prolo Rossiyada ham biznes bilan şuğullanadi. 18 iyul, juma kuni çop etilgan The Insider tadqiqotiga köra, Prolo 2013 yildan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning döstlarining pullarini boşqaradigan "ABR Menedjment" AJ direktorlar kengaşi a’zosi hisoblanadi.
"ABR Menedjment" kompaniyasi Putinga yaqin işbilarmonlar Yuriy Kovalçuk va Nikolay Şamalov iştirokida «Kreml pullarini», ya’ni ularning "Rossiya" banki, "SOGAZ" suğurta kompaniyasi va Milliy media guruhiga röyxatdan ötkazilgan aktivlarini boşqariş uçun yaratilgan», deb yozadi The Insider.
Anri Prolo bilan bir qatorda direktorlar kengaşi tarkibiga Yuriy Kovalçukning öğli va "Rossiya" banki boşqaruvi raisi Mixail Klişin ham kiradi, ularning ikkalasi ham 2016 yildan beri AQŞ sanksiyalari ostida bölib, Ukrainadagi uruş boşlanganidan buyon Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Kanadaning sanksiya röyxatiga kiritilgan.
76 yoşli Anri Prolo Fransiya hukmron elitasida taniqli şaxsdir. U Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi va hozirgi davlat rahbari Emmanuel Makron bilan yaxşi taniş. 2009 yildan 2014 yilgaça Prolo Électricité de France (EDF) davlat elektr kompaniyasini boşqargan, biroq korrupsiya gumonlari tufayli işdan böşatilgan.













