Filippinda yengil motorli samolyotning uy ustiga tuşişi oqibatida 10 kişi halok böldi. Bu haqda 17 martda ABC News ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, samolyot bortida 5 kişi bölgan va ularning barçasi halok bölgan. Şuningdek, falokat yerdagi 5 kişining hayotiga ham zomin bölgan.

Qutqaruv xizmatlari ma'lumotlariga köra, samolyotning qulaşi uyda yonğin keltirib çiqargan. Yonğin oqibatida yana 2 kişi jabrlangan. Voqea sabablari hozirça noma'lumligiça qolmoqda.  

Guvohlarning aytişiça, samolyot uy ustiga qulaşidan oldin daraxt va elektr ustuniga urilgan.