Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son qaroriga muvofiq taşkil qilingan «Har bir şahar va qişloqda – zamonaviy kitob dökoni» aksiyasi doirasida «Namunali kitob dökoni» tanlovining Toşkent şahar bosqiçi ötkazildi.

Kitob dökonlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş orqali aholiga namunali xizmat körsatiş sifatini oşiriş maqsadida «Navröz» bayrami arafasida ğolibni aniqlaş uçun idoralararo işçi guruhi tuzilib, kitob dökonlari manzillari böyiça joylarga çiqib, belgilangan me'zonlar asosida poytaxtimizdagi zamonaviy kitob dökonlari faoliyati baholandi.

Qayd etiş joizki, bugungi kunda Toşkent şahrida 80dan ortiq kitob sotuviga ixtisoslaşgan dökonlar xizmat körsatmoqda.

Toşkent şahar hokimligi, Toşkent şahar matbuot va axborot boşqarmasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar kengaşi, Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida taşkil etilgan mazkur tanlovda «Sharq ziyokori» mas'uliyati çeklangan jamiyati bir ovozdan Toşkent şahridagi «Namunali kitob dökoni» tanlovining ğolibi deb topilib, taşkilotçilar tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.