5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob dökonlari taşkil qilişning majburiy tartibi joriy qilinadi. Bu 27 iyuldagi “Toşkent şahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2026-2027 yillarda Toşkent şahri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi. Buning uçun 2031 yil 1 yanvarga qadar Toşkent şahrida, eksperiment tariqasida, barça tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan boğlaş, ularning salohiyatini oşiriş va yangi loyihalarni köpaytiriş maqsadida yer maydonlari biriktiriladi. Şuningdek, Yoşlar kreativ parki taşkil etiladi.
“Toşkent kitob tijorat” uyuşmasiga a’zo bölgan kitoblar savdosini amalga oşiruvçi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida, şohköçalarda yengil konstruksiyali kitob dökonlarini örnatiş, “Book cafe”lar taşkil qiliş, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob köçasi” faoliyatini yölga qöyişga ruxsat beriladi.
Avvalroq Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga oid adabiyotlarni öqişi va özlaştirişini baholaşning yangi mexanizmi joriy etilgandi. Yangi tartibga köra, test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan mahkumlarning jazo muddati öqigan har bir kitobi uçun uç kunga qisqartirilişi mumkin.








