Qirğiziston çegaraçilari noqonuniy mis partiyasini uşlaşdi. Mis Özbekistondan Qirğizistonga qoplarga solinib, çegara çiziği ustidan uloqtirilgan. Bu haqda Qirğiziston davlat çegara xizmatida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hududidagi noma'lum şaxslar davlat çegara çiziği orqali Qirğizistonga mis solingan 28 ta qopni uloqtirişgan. Bu vaqtda Qirğiziston hududida yukni 5 kişi poylab turgan.
Kontrabandaçilarning bu operatsiyasi ortidan Aydarken çegara otryadi kuzatuv olib borgan. Qirğizistonliklar metallni olişlari bilan çegara naryadi tomonidan qölga olinganlar.
Ma'lum qilinişiça, voqea Kadamjay tumanidagi Aq-Jar qişloğida yuz bergan. Hammasi bölib 400 kg mis qölga kiritilgan. Uşlanganlar çegara tartibini buzganlari uçun jarimaga solinganlar, yuk esa Qirğiziston bojxona xizmatining hududiy bölimi xodimlariga topşirilgan.











