2007-2012 yillarda Fransiya prezidenti sifatida işlagan, mamlakatning öng qöl tarafdori Nikolya Sarkozi Liviya sobiq prezidenti Muammar Qazzofiydan pora olganlikda ayblanmoqda. «Le Monde» naşrining bildirişiça, pora sifatida qabul qilingan pullar 50 million yevrodan ortiq bölib, ularning katta qismi Sarkozining prezidentlik saylovoldi kampaniyasiga işlatilgan.
Ayni masala ilk bor 2013 yilda paydo bölgandi. Ya'ni, 2011 yil mart oyida marhum diktatorning öğli Saif al Islom Euronews jurnalisti bilan suhbat çoğida «Sarkozi Liviyadan olgan pullarni qaytarişi» lozimligini ta'kidlagan.
2012 yili «Mediapart» elektron naşri göyoki Sarkozi hisobiga kelib tuşgan 50 million yevroni isbotlovçi hujjatlarni e'lon qilgaç, politsiya bu masalaga jiddiy e'tibor qarata boşladi. Öşa paytda amaldagi prezident sifatida Sarkozi barça ayblovlarni inkor qilib, faoliyatini yakunlagandi.
2017 yil sentabr oyida Fransiya korrupsiya qarşi kuraşiş taşkiloti Sarkozi saylovoldi kampaniyasida moliyaviy manbalari körsatilmagan pullarni işlatganini aniqladi. Kampaniya sobiq hisobçisi Erik Vorts noma'lum manba pullarni xayriya qilgani, tuşum işçilar örtasida taqsimlanganini tan oldi.
Hamma gap şundaki, saylovgaça va undan keyin ham yaxşi munosabatlarni saqlab qolgan Fransiya va Liviya prezidentlarini turli maqsadlar boğlab turgan. 2007 yil Fransiyaga taşrif buyurgan Muammar Qazzofiy Parijda davlat rahbarining qarorgohida iliq kutib olindi. Neft va gazga boy Liviya xalqaro maydonda yakkalantiriş siyosatida «ozor» çekib, qudratli davlatlardan birining doimiy yordamiga muhtoj bölgan.
Fransiya uçun Liviyaning gaz va nefti Rossiya ta'siridan çiqib oliş uçun muhim bölgan. Şunga qaramay, 2011 yili NATO kuçlari Liviyaga bomba taşlaganda fransuz askarlari ham amaliyotda faol böldi.
Endilikda Sarkozi politsiya mahkamasida 48 soat davomida uşlab turilişi mumkin. Agar prokuror e'lon qilgan ayblovlar öz tasdiğini topsa yoki inkor etib bölmas hujjatlar mavjud bölsa, Sarkozi sud oldida javob berişi tayin.












