2011-yil 15-fevralda Liviya poytaxti Tripolida Qazzofiy rejimiga qarşi boşlangan namoyişlar fuqarolar uruşiga aylanib ketdi. 

Qazzofiy isyonçilar egallab olgan şaharlarni bombardimon qilişga buyruq berdi. Ğarb koalitsiyasi kuçlari BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasiga muvofiq polkovnik rejimiga qarşi harbiy operatsiya boşlaşga qaror qildi.

2011-yil 22-avgustda qözğolonçilar NATO kömagida Tripolini egalladi. Qazzofiy poytaxtdan qoçişga majbur böldi.

«Şahidlarimiz uni [Qazzofiyni] qölga olişib…, kasalxonaga olib ketişayotgandi. U oyoğidan yaralangandi va uni Sirtdan Misurataga olib ketişayotgandi. Öşa hududda jadal otişmalar sodir bölayotgandi. Natijada uning boşiga öq tegdi va u halok böldi… Bu qasddan qilinmagandi», - deb taʼkidlagan Liviya Milliy ötiş kengaşi aʼzosi Muhammad Sayeh Qazzofiy ölimining ertasiga.

Sirt - Liviya şimolidagi Qazzofiy tuğilgan şahar. 2011-yil oktabrida u oxirgi tarafdorlari bilan birga qözğolonçilardan qoçib, şu yerga kelgandi. Bir vaqtlar öz mamlakatida çeksiz hokimiyatga ega bölgan inson yonida unga eng sadoqatli kişilargina qolgandi.

«Biz hammasi tugaganini tuşunardik. Qazzofiy “Meni Xalqaro jinoiy sud qidirmoqda. Meni heç qaysi mamlakat qabul qilmaydi. Liviyaliklar qölidan ölganim yaxşi”, dedi», - deb eslagan oxirgi daqiqalargaça Qazzofiyning yonida bölgan şaxsiy qöriqçilar rahbari Mansur Dau.

«[Qazzofiy] bizga kim qörqayotgan bölsa ketişi mumkinligini, ammo öziga nisbatan Xalqaro jinoiy sud orderi borligini aytdi. U qöşni mamlakatlarga qoçib borib, ularni noqulay ahvolga solişni istamasligini bildirdi», - deb aniqlik kiritgan Qazzofiy xavfsizlik xizmatining yana bir xodimi Mansur Iddhou.

NATO aviatsiyasi qözğolonçilar kömagida Sirtni yer yuzidan deyarli supurib taşlagandi. Şaharda butun binolar qolmagandi. Qazzofiy boşpanasini töxtovsiz özgartirib turar, yeyişga nima topsa, öşa bilan kun keçirardi.

«U heç qayerga qönğiroq qila olmas yoki taşqi dunyo bilan boğlanolmasdi. Bizda oziq-ovqat va suv deyarli yöq edi. Sanitariya şaroitlari dahşatli edi», - deya Sirtdagi vaziyatni tasvirlagan Dau.