Qirğiziston sotsial-demokratik partiyasining bugun yopiq eşiklar ortida ötkazilgan navbatdan taşqari yiğilişini yakunlagan. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

Jurnalistlar parlamentning sobiq spikeridan yiğiliş kun tartibini şarhlab berişni söraşgan.

«Mening mandatimni tugatiş haqida biror gap-söz bölgani yöq. Bunday gaplar bölişi ham mumkin emas», — degan QSDP fraksiyasi a'zosi Asilbek Jeenbekov jurnalistlarga.

Qirğiziston prezidentining ukasi Miskenbayevni provokator deb atagan.

Uning sözlariga köra, «Aykol Ala-Too» jamoatçilik birlaşmasining raisi Meerbek Mikenbayev jamoatçilikning fikrini çalğitmoqda.

«Meerbek Miskenbayev provokator. Deputatlik mandatidan faqat meni saylagan xalq mahrum etişi mumkin», — deya ta'kidlagan Asilbek Jeenbekov.

«Bir heç qaçon Bakiyev yoki Aqayev yölidan bormaymiz. Biz davlat işlariga, şuningdek, akamizning prezidentlik vakolatlariga aralaşmaymiz», — deya qöşimça qilgan Asilbek Jeenbekov.

17 mart kuni Meerbek Miskenbayev Qirğiziston prezidentining ukasi deputatlik mandatini topşirişi kerakligini aytgan. Sooronbay Jeenbekov hukumat tepasiga yana oilaviy klan kelişiga yöl qöymasligi kerak. U bu haqda 2002 yilda Aqsida halok bölganlarning xotirasiga bağişlangan mitingda aytib ötgan.