Britaniya parlamentida Rossiya mezbonlik qiladigan JÇ-2018 musobaqasiga boykot e'lon qiliş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda The Guardian naşri xabar tarqatdi.

Leyboristlar partiyasi deputati Ien Ostin Angliya terma jamoasi mazkur musobaqa boykot e'lon qilişi lozimligini aytib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni öz vaqtida Germaniya natsistlariga rahbarlik qilgan Adolf Hitlerga qiyosladi.

«Putin JÇ-2018dan xuddi Hitler Olimpiada-1936da foydalangandek foydalanmoqçi.

Angliya terma jamoasi bu kabi musobaqada qatnaşişi töğri deb öylamayman. Bu turnirni göyoki piar-tadbir sifatida foydalanib, özining inson huquqlari böyiça qonunlarni qöpol ravişda buzayotganini parda ortiga yaşirayotgan Putinni qöllab-quvvatlamasligimiz kerak», – deya gapirib ötgan Ostin.

Oldinroq, Britaniya taşqi işlar vaziri Putinni xuddi şunday qiyoslagandi.