Amerika ma'muriyati Vaşington ittifoqçilari va hamkorlari bölmiş bir qator davlatlar, şuningdek YeIdan import pölat va alyuminiy mahsulotlariga bojxona bojlarini joriy etmaslikka qaror qildi. Bu haqda TASS AQŞning savdo muzokaralaridagi vakili Robert Laytxazerga asoslanib xabar bermoqda.
«Pauza»ga qöyişdi
Uning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati «bojxona bojlarini joriy etişni pauzaga qöyiş»ga qaror qilgan. «Bizda NAFTAga a'zo ikki davlat (ya'ni, AQŞ singari Şimoliy Amerika erkin savdo hududiga a'zo Kanada va Meksika haqida söz bormoqda) bor. Bizda Yevropa, Avstraliya bor, Argentina bor, Braziliya bor va şubhasiz, [Janubiy] Koreya bor», — degan Laytxayzer AQŞ Kongressi Senatining moliyaviy qömitasida bölib ötgan eşittirişlar çiqiş qila turib. U pölat va alyuminiy uçun Amerika bojxonasining bojlari joriy etilmaydigan davlatlarni sanagan.
Bu holatda prezident Donald Tramp kabineti a'zosi hisoblanuvçi savdo muzokaralaridagi Amerika vakili «pauzaga qöyiş» deganda nimani nazarda tutgani, bu holatda YeI, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika va Janubiy Koreya muzokaralar ötkaziş çoğida boj ta'siridan xalos bölişi yoki bu uzoqroq muddatga möljallangan qaror ekanligiga oydinlik kiritmagan. Laytxayzer sanab ötilgan olti davlat va YeI bilan aprel oyi söngiga qadar AQŞ savdo kelişmovçiliklari böyiça muzokaralarni yakunlaşni istayotganini aniqlaştirgan, xolos.
Öz navbatida, AQŞ savdo vaziri Uilbur Ross payşanba kuni Kongressning vakillar palatasi daromadlar va xarajatlar qömitasida bölib ötgan eşittirişlarda 200 dan ortiq Amerika kompaniyalari uning idorasiga import metall mahsulotlarni yangi bojdan ozod qilişni sörab murojaat qilişganini aytib ötgan. Amerika savdo vazirligi yangi boj joriy etilgaç, import metall xarid qiluvçi amerikalik işlab çiqaruvçilar töqnaş kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarni minimallaştirişga harakat qilmoqda, dedi Ross. Bunday arizalarni körib çiqişni savdo vazirligi duşanba kundan boşlagan.
Trampning qarori
Oq uy xöjayini 8 mart kuni pölat erituvçi va alyuminiy sanoati mahsulotlari importiga bojxona bojlari joriy etiş haqida farmoyişni imzolagan. Amerika ma'muriyati rahbari pölat uçun boj miqdori 25 foizni, alyuminiy uçun 10 foizni taşkil etişini aytib ötgan. Bu holatda, Tramp Kanada, Meksika va Avstraliya kabi bir qator davlatlar bunday bojxona yiğimlaridan ozod etilişi mumkinligini ham nazardan qoçirmagan. Közda tutilişiça, Amerika yetakçisining yangi farmoyişi 23 martdan kuçga kiradi, bojlar Kanada va Meksikadan kiritilayotgan mahsulotlarga nisbatan joriy etilmaydi, çunki Vaşington NAFTAni qayta körib çiqiş böyiça muzokaralarda jarayonni qayta baholab köradi.
Rossiyaning uluşi
TASS muxbiri bilan suhbatda Rossiyaning AQŞdagi savdo vakili Aleksandr Stadnik Vaşingtonning alyuminiy va pölatga nisbatan import bojlari joriy etiş singari xatti-harakatlari heç qaçon yaxşi tugamaganini aytib ötgan.
U taqdim etgan ma'lumotlarga köra, Rossiya 2016 yilda AQŞga 700 million dollarlik pölat mahsulotlari yetkazib bergan, 2017 yilda esa 1,4 milliard dollarlik. Rus alyuminiysining AQŞga yetkazilişi 2016 yilda 1,35 milliard dollarlik bölgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç 1,6 milliard dollarga yetgan. AQŞga yirik alyuminiy eksportçilari röyxatida Rossiya uçinçi örinda, pölat eksportçilari röyxatida töqqizinçi örinda turadi.
«Summalar albatta juda katta. Lekin AQŞ ham kompaniyalarimiz uçun yagona bozor emas. Boz ustiga, biz AQŞga yetkazayotgan mahsulotlarning öxşaşi yöq, yoki narx va sifat xarakteristikalari böyiça Amerikaliklarga juda zarur sanalardi», — deya ta'kidlagan savdo vakili.












