2018 yilning 17 martidan boşlab maktabgaça ta'lim muassasalarini öyinlar, öyinçoqlar, mebel, jihozlar va boşqa texnik vositalar bilan jihozlaş me'yorlari tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu me'yorlarga asosan maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarning jismonan soğlom, aqliy va intellektual rivojlanişlari uçun lozim bölgan jihozlar, öyinlar hamda öyinçoqlar kiritilgan.
Xususan, endilikda maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarni jismonan soğlom rivojlanişi uçun çiniqtiriş va yassi oyoqlikni oldini oliş uçun yölakçalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagiçlar (resirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanişi uçun “Bank”, “Poçta”, “Ferma”, “Avtomobil turargohi” va boşqa öyin markazlari, intellektual rivojlaniş uçun köp funksiyali sahnalar, “Tasviriy faoliyat” burçaklari bölişi lozim.
Şuningdek, har bir maktabgaça ta'lim muassasasi hududi, öyin maydonçalari internet orqali kuzatiş imkoniyatiga ega bölgan videokuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.












