Fransiyaning Treb kommunasida joylaşgan supermarketda noma'lum şaxs odamlarni garovga oldi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.
Şahar meri sözlariga köra, supermarketda kamida ikki kişi halok bölgan, yana ikki inson jarohat oldi. Ularning ahvoli qay darajada oğir ekani aytilmayapti.
Odamlarni garovga olgan erkak 2015 yilning noyabrida sodir etilgan teraktda ayblanayotgan Saloh Abdusalomni ozod etişni talab qilgan.
Ta'kidlanişiça, jinoyatçi avval fransuz razvedkasi nazoratiga ham tuşgan.
Ma'lumotlarga köra, erkak özini IŞID tarafdori, deb atagan. Voqea joyiga uçta vertolyot, şuningdek, 50 nafar politsiyaçi yetib keldi.












