Internetda Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko qölga olingani tasvirlangan video paydo böldi. Rolik jurnalist Yan Dobronosov tomonidan Facebook tarmoğida e'lon qilingan.

Videoda Savçenkoga uning qölga oliniş sababi öqib beriladi, unga huquq va majburiyatlari eslatiladi.

Bugun Ukraina Oliy radasi deputat Nadejda Savçenkoni javobgarlikka tortiş, qölga oliş va hibs qilişga rozilik berdi, şundan söng u mamlakat parlamenti binosida qölga olindi. U Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati boşqarmasiga piyoda kelgan.

Foto: Eldar Saraxman / "Ukrainskaya pravda"

Parlament Savçenkodan deputatlik daxlsizligini olib qöyiş böyiça taklifga rozi bölgan.

Deputatni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun 291 deputat «ha» deb ovoz berdi. Savçenkoni qölga olişga 277 deputat rozi bölgan bölsa, hibs qiliş uçun – 268.

Boş prokuratura Savçenkoni parlament binosi hududida terakt sodir etişga urinişda gumonlamoqda.

Bugun Savçenko Ukraina Oliy radasi qömitasi yiğilişiga ikkita anor (granat) bilan keldi. Bu yiğilişda  Savçenkoni daxlsizlikdan mahrum etiş, javobgarlikka tortiş, qölga oliş va hibs qilişga rozilik beriş masalasi körib çiqildi. 15-mart kuni Ukraina Boş prokurori Yuriy Lutsenko uni hibsga olişni söragandi. Öşanda u tergovda Savçenko Radada terakt uyuştirişni rejalaştirgani böyiça «rad etib bölmas» dalillarga egaligini aytgandi: ikki lojani «harbiy granatalar bilan yöq qiliş», «minorani minomyotda urib tuşiriş» va «omon qolganlarni avtomat bilan qirib taşlaş». 

«Sizlarga hozir ölimga naqadar yaqin bölganingizni aytişim kerak. Sizlarni qörqitişgan, sumkamda granatalar bormidi? Ha, granatlar bor edi. Granatlar bölgandi. Mana ular», – deya ikkita anorni stolga taşladi Savçenko. Uning aytişiça, 15 mart kuni Radada ham uning yonida şunday «granata»lar bölgan.

Foto: RIA «Novosti»