Ukraina Oliy radasi deputati, ayni damda tergov izolyatorida saqlanayotgan Nadejda Savçenko feysbukdagi sahifasida Ukrainadagi islohotlar dasturini e'lon qildi.
Deputatning sahifasida «Siyosiy tizimni özgartiriş» konsepsiyasi sarlavhali matn paydo böldi.
«Ukrainaliklarga bu konsepsiya nima uçun juda kerak? Sababi, u ukrainlarning real demokratiya haqidagi asl tasavvuriga asoslangan. U hozirgi siyosatçilar tomonidan yaratilgan demokratiya emas», - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Matn batafsil islohotlar dasturini öz içiga qamrab olgan, unda, xususan, Ukraina saylov tizimini özgartiriş va mamlakatning barça tabiiy resurslarini inventarizatsiyadan ötkaziş taklif etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nadejda Savçenkoning singlisi Vera AQŞ prezidenti Donald Trampga opasini hibsga olinişi va jinoiy ta'qib etilişi böyiça vaziyat ustidan xalqaro nazoratni örnatişni ta'minlaş böyiça murojaat yöllagandi.

















