Ukraina oliy radasi deputati, davlat töntaruvini taşkillaştiriş gumoni bilan tergov izolyatorida saqlangan Nadejda Savçenko ozodlikka çiqdi.
Kiyev viloyati Brovar şahri tuman sudi Savçenkoni va “Zobitlar korpusi” taşkiloti rahbari Vladimir Rubanni ozodlikka çiqariş haqida qaror çiqargan. 16 aprelga ötar keçasi ularning hibsda uşlab turilişi muddati poyoniga yetgan. Bundan bir kun avval esa sud ehtiyot çorasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
“Men ozodlik uçun qanday kuraşiş kerakligini körsatdim. Men har bir adolatsiz sudlangan uçun ozodlikni tilayman. Prokurorlar kafolatlaganidek, men qonunlarni buzmayman, xorijga qoçmayman. Men Ukrainadan qoçmayman, çunki men Ukraina qahramoniman”, deb aytgan Savçenko ozodlikka çiqqaç.
Savçenko 2018 yil martida hibsga olingan. Unga Kiyev markazida terakt va Ukraina rahbariyati vakillari, jumladan prezident Pyotr Poroşenkoga suiqasd tayyorlaş ayblovi qöyilgan. Ukraina xavfsizlik xizmati bu ayblovlarning isboti sifatida deputat asirlarni ozod qiliş markazi “Zobitlar korpusi” rahbari Vladimir Ruban bilan davlat töntaruvini muhokama qilayotgani videosini taqdim qilgan. Avvalroq Ruban Poroşenkoga suiqasd tayyorlaş va noqonuniy ravişda qurol saqlaşda ayblangandi.












