Özbekiston yoşlar terma jamoasi (ha, aynan yoşlar, olimpiya emas) Andijon şahrida Keniya yoşlariga qarşi örtoqlik öyinini ötkazdi.
Afrikaça munosabat va afrikaça maydonda ötgan bahs afrikaliklar ğalabasi bilan tugadi.
Avvalo, öyin ötkazilgan «Barkamol avlod» stadioni maydonining ahvoli juda abgorligi bilan hayratga soldi. Şudgordan farqi bölmagan afrikaça maydonga Keniya yoşlari tezroq könikib olişdi. Bunday şaroitda futbolçilarimizning oğir jarohat olmaganiga quvonişimiz kerak.
Keniyaning kam sonli hujumlari xavfli va samaraliroq böldi. Darvozamizga urilgan gollarga himoyaçilarimiz va darvozabonning qöpol xatolari sabab böldi.
Terma jamoamizning yagona goli 75-daqiqada Andrey Sidorov tomonidan urildi. Zabihillo Örinboyevning penaltidan yöllagan zarbasidan söng, töpni darvozabon qaytargan vaziyatda, Sidorov unga birinçi bölib yetib keldi va darvozaga kiritdi.
Öyin vaqtining belgilanişi va translyatsiya borasida ham afrikaça munosabatni kördik. Ma'lumki, soat 20-00da boşlangan öyinning vaqti milliy terma jamoaning Senegalga qarşi, soat 21:30da boşlanadigan bahsi bilan töğri kelib qolgan edi. Natijada, ikkinçi bölim tugaşiga 30 daqiqa qolganida, Keniyaga qarşi öyin translyatsiya töxtatildi. Bundan taşqari, öyin translyatsiyasining 2-bölimdagi sifati ham bizni ötgan asrning 90-yillariga qaytardi. Dam-badam uzilişlar yuz berişi natijasida, biz Keniyaga qarşi öyinni emas, balki yoşlar terma jamoasining Xitoyda ötgan Osiyo çempionatidagi bahslari lavhalarini tomoşa qilib ötirdik!
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bir narsada haq bölib çiqdi. Afrikaning eng kuçsiz terma jamoalaridan biri Özbekistonga jiddiy qarşilik körsatib, munosib raqib böldi. Ustiga-ustak, Osiyo çempionini mağlub etdi. Şubhasiz, bu öyin futbolçilarimizning mahoratiga mahorat qöşdi. Yoki Keniyanimi?
Örtoqlik öyini
23 mart. Andijon, «Barkamol avlod» stadioni
Özbekiston U23 - Keniya U23 - 1:2
Gollar: Andrey Sidorov (75) - Onyango Krispinus (22), Mutamba Pistone (33)
Amalga oşirilmagan penalti: Zabihillo Örinboyev (75, darvozabon)
Hakamlar: Olim Töyçiboyev, Şoxruh A'zamov, Ravşan Kapadze (barçasi Farğona), Anvar Marajabov (Andijon).
Nazoratçi: Sulton Zaylobidinov (Farğona).
Özbekiston: 12. Dilşod Hamroyev, 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Azizjon Ğaniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turğunboyev, 15. Oybek Rustamov, 17. Doston Hamdamov, 9. Zabihillo Örinboyev, 10.Bobir Abdixoliqov (Andrey Sidorov 70).
Boş murabbiy: Ravşan Haydarov
Keniya: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Şambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi, 17.Odxiambo Onyango Krispinus, 9.Mutamba Pistone Vunyoli
Boş murabbiy: Mbindyo Frensis Kimanzi
Ogohlantiriş: Xojiakbar Alijonov (40)












