Saudiya Arabistonida 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat terma jamoalar örtasida Osiyo Kubogi guruh bosqiçi yakunlandi.

A guruhidan Vetnam va Iordaniya, V guruhidan Yaponiya va BAA, S guruhidan Özbekiston va Janubiy Koreya, D guruhidan Avstraliya va Xitoy çorakfinalga çiqdi.

Şundan söng, çorakfinal juftliklari quyidagiça şakllandi:

16 yanvar,

1) Vetnam – BAA,

2) Yaponiya – Iordaniya

17 yanvar,

3) Özbekiston – Xitoy,

4) Avstraliya – Janubiy Koreya

Özbekiston U23 raqibi bölgan Xitoy yoşlar terma jamoasi guruh bosqiçida Avstraliyani (1:0) mağlub etib, Iroq (0:0) va Tailand (0:0) bilan durang öynagan.

Yarimfinal öyinlari 20 yanvar kuni ötkaziladi, unda 1- va 3- juftlik ğoliblari, 2- va 4- juftlik ğoliblari töqnaş keladi.

U23 Osiyo Kubogi bu yilgi mavsumining boşqalaridan farqli jihati şundaki, unda Olimpiada yöllanmasi öynalmaydi. Şu sababli, köplab jamoalar asosiy tarkib bilan iştirok etmayapti.

U23 Osiyo Kubogi 2013 yildan beri ötkaziladi. Unda Yaponiya yoşlari eng köp – 2 marta ğolib çiqqan, şu jumladan sönggi turnirda ham. Şuningdek, Iroq, Özbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan ğalaba bor.