Saudiya Arabistonida 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat terma jamoalar örtasida Osiyo Kubogi boşlandi.
Özbekiston U23 terma jamoasi guruhning dastlabki öyinida Livan yoşlari bilan kuç sinaşdi va 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Gollar Amirbek Saidov, Ravşan Xayrullayev va Sardor Bahromov hisobiga yozildi. Livanliklar tarkibida Leonardo Şahin dubl sohibi böldi.
Guruhning yana bir öyinida Janubiy Koreya va Eron öz darvozalari daxlsizligini saqlab qoldi – 0:0.
Boş murabbiy Ravşan Haydarov şogirdlari navbatdagi öyinni 10 yanvar kuni Eronga qarşi ötkazadi.
U23 Osiyo Kubogida 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda iştirok etmoqda. Guruhda 1- va 2- örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga çiqadi. Uşbu musobaqaning boşqalaridan farqli jihati şundaki, unda Olimpiada yöllanmasi öynalmaydi. Şu sababli, köplab jamoalar asosiy tarkib bilan iştirok etmayapti.
U23 Osiyo Kubogi 2013 yildan beri ötkazilmoqda. Unda Yaponiya yoşlari eng köp – 2 marta ğolib çiqqan, şu jumladan sönggi turnirda ham. Şuningdek, Iroq, Özbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan ğalaba bor.













