Ma'lumki, Özbekiston va Tojikiston özaro bordi-keldi böyiça tegişli hujjatlarni qabul qilgandan söng, ikki mamlakat fuqarolari uçun viza rasmiylaştirmasdan qöşni mamlakat hududida 30 kungaça böliş imkoniyati yaratildi. Buni har ikki millat vakillari katta quvonç bilan kutib oldi.
“Xalq sözi” naşrining yozişiça, bunday qulaylikdan foydalangan tojikistonlik qardoşlar Navröz nafasi kezib yurgan şu kunlarda nafaqat Surxondaryo, Samarqand, Buxoroga, balki poytaxtga ham taşrif buyurib, sayohat qilişyapti. Diqqatga sazovor joylarni tomoşa qilib, madaniy hordiq çiqarişmoqda.
Ana şunday mehmonlardan biri Tojik milliy universiteti talabasi Said Nosirxon Ma'rufzoda Toşkent şahrida özi duç kelgan bir ibratli hodisa va undan olgan katta taassuroti haqida “Facebook”dagi guruhda şunday samimiy dil sözlarini bildirib ötgan:
“Assalomu alaykum! Döstlar Toşkentda biz bilan röy bergan bir voqeani sizlarga ham aytib bermoqçiman.
Biz “Megaplanet” savdo markaziga yetib oliş uçun maşina töxtatdik va özimiz bilmagan holda unda yangi qimmatbaho smartfonimizni unutib qoldiribmiz (gap şundaki, hali Özbekiston sim-kartasini sotib olişga ulgurmagan edik, bizning Tojikiston sim-kartasi esa bu yerda işlamas ekan) va öyladik: “Ha, mayli, nima bölsa, böldi, şahar katta öşa maşinani baribir topa olmaymiz”. Tasavvur qilyapsizmi, oradan ön daqiqa ötar-ötmas öşa maşina haydovçisi savdo markaziga kelib bizni topdi hamda bizning SMARTFONni qaytarib berdi.

Undan “Qanday qilib topdingiz, axir u orqa örindiqda tuşib qolgan edi-ku?” deb söradik. Şunda u bizdan keyin çiqqan mahalliy özbek mijoz telefonni körib qolib, unga topşirganini aytdi. Axir topgan ham va uni olgan ham smartfonni özida qoldirib bildirmasdan ketişi mumkin edi-ku (Ularning har ikkisi ham Qahramonlar, ha qahramonlar! Çunki bizning zamonimizda bunday insonlar juda kam) va öz vaqti hamda benzinini ayamay bizni topdiyu qaytarib berdi. Biz uni pul bilan mukofotlamoqçi böldik, bilasizlarmi, u nima deb javob qaytardi: “Biz qardoş xalqlarmiz, sizlar esa bizning mehmonimizsiz va mening örnimda boşqa bölganida ham xuddi şunday qilgan bölardi”(şunday kamtar javob berdi) hamda mukofotni qat'iy rad etdi.
Yakunda şuni aytişni istardimki, bizni Özbekiston qardoş xalqi juda iliq va xursandçilik bilan kutib olyapti. Buning uçun katta rahmat!”











