Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarori bilan hukumatning 2025-yil 15-maydagi 318-son qaroriga tegişli özgartiriş kiritildi.
Avvalgi tartibga köra, 2025-yil 1-sentabrdan tezlikni nazorat qiluvçi har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylaşgan hududda hamda ulargaça 250–500 metr masofada «Radar» yöl belgisini örnatiş majburiy edi.
Yangi qarorda uşbu band qayta bayon qilinib, undagi «har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar» ifodasi örniga «statsionar radarlar» deb belgilandi. Natijada mobil radarlar mazkur majburiy talab qamrovidan çiqarildi.
Şuningdek, Yöl harakati qoidalaridagi 5.43 - «Radar» belgisiga oid bandga ham özgartiriş kiritilgan. Unga köra, belgi harakat tezligi statsionar radarlar yordamida nazorat qilinayotgan joylargaça 250–500 metr masofada örnatiladi.
Şunday qilib, statsionar radarlar oldidan haydovçilarni belgi orqali ogohlantiriş majburiyati saqlanmoqda. Mobil radarlar böyiça esa bunday majburiyat yangi tahrirda nazarda tutilmagan.












