23 mart kuni Toşkent şahar IIBBga tuşgan hujjatlarga köra, 2017 yil 28 avgust kuni Çilonzor 9-dahada yaşovçi, 1972 yilda tuğilgan B.A. MÇJ taşkil etib, uşbu MÇJga qarindoşi, 1984 yilda tuğilgan J.R.ni rahbar etib tayinlab, 2017 yil 30 avgust kuni Afsona köçasida joylaşgan ofisida Ukraina Respublikasi fuqarosi, 1986 yilda tuğilgan Ya.P. bilan 2.000.000 AQŞ dollari miqdorida bölgan farmatsevtika mahsulotlarini sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan.
 
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari  bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Pullarni 90 kun içida töliq tölab berişni va'da qilib, 1.750.146 AQŞ dollariga teng dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini olib, pulni kelişilgan muddatda bermasdan, 2017 yil 18 dekabr kuni öz majburiyatlarini boşqa MÇJ rahbari X.Ya.ga ötkazib berib, sotib olingan farmatsevtika mahsulotlarini sotib savdodan tuşgan 1.750.000 AQŞ dollarini MÇJning qurilişiga investitsiya tariqasida kiritib pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi körsatilgan.  

Natijada J.R. uşlangan. B.A.ni uşlaş çoralari körilgan.